NOTA BENE ! O‘z-o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs
o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini
anglamaydi, o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlari keltirib chiqarishi
mumkin bo‘lgan mavhumlikni oldindan ko‘radi, ehtiyotkorlik chora-
tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib
chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi.
JK 22-moddasi 3-qismi beparvolikning mohiyatini ochib beradi.
«Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan
ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da,
lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik
orqasida sodir etilgan deb topiladi».
Qonunchilik jinoiy beparvolikni shaxsning qilmishi natijasida kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash real
imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin bu oqibatni kelib chiqishini anglash uchun
qilinishi kerak bo‘lgan zarur irodaviy harakatlarni amalga oshirmaydi,
diqqat-e’tiborini va ehtiyotkorlikni namoyon qilmaydi, deb hisoblaydi.
Beparvolikda
ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaslik oqibatga nisbatan har qanday munosabat mavjud bo‘lmaydi degan
tasavvurga olib kelmaydi, balki bunday munosabat maxsus shaxsning
qonun talablariga, ijtimoiy xulq-atvor qoidalariga, boshqa shaxs
manfaatlariga beparvo munosabatda bo‘lishida ifodalanadi. Shuning uchun
beparvolikda intellektual holat ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra
205
bilmaslikdan tashqari, shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatini
anglamasligi bilan ifodalanadi.
Jinoiy beparvolikning intellektual holati ijobiy va nisbiy mezonlarga
bo‘linadi.
Jinoiy beparvolikning