Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

ikkinchi turiga 
qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik)ga nisbatan bir xil bo‘lmagan munosabatda oqibat kelib 
chiqishi talab qilinmaydigan va oqibatga nisbatan bo‘ladigan jinoyatlar 
kiradi. Bu holat formal tarkibli jinoyatlarda ko‘zga tashlanadi. Bu 
kvalifikatsiyaga ta’sir qiladigan oqibat jinoyat-huquqiy norma bilan 
qo‘riqlanadigan asosiy jinoyat tarkibidagi obyektdan tashqari qo‘shimcha 
obyektga zarar yetkazishda ifodalanadi. Bu turkumdagi jinoyatlarga asosiy 
tarkibli formal, kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilari ma’lum bir og‘ir 
oqibatni yuzaga keltiruvchi jinoyatlarni misol keltirish mumkin. Masalan, 
jabrlanuvchining o‘limi abort o‘tkazishda kelib chiqishi (JK 114-moddasi 
3-qismi «a» bandi). Bunday shakldagi qasddan sodir etilgan jinoyatlar 
kvalifikatsiya qilinadigan oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etilgan deb baholanadi. 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам 
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 4-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-
жилд. – 193-б. 
210 


NOTA BENE ! 
Aybning murakkab shakli
faqatgina moddiy tarkibli jinoyatlardan 
o‘rin egallaydi va shaxsning turli xil ruhiy munosabatlari bilan ifodalanadi
chunonchi, birinchidan bu qilmishni kvalifikatsiya qiluvchi qilmishga va 
oqibatlarga nisbatan, ikkinchidan, uncha og‘ir bo‘lmagan va o‘ta og‘ir 
bo‘lgan ikki xil oqibatlarga nisbatan qasd va ehtiyotsizlikni qo‘shish 
orqali ifodalanadi. 
Murakkab aybli jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning 
muhimligi obyektiv belgilariga ko‘ra, o‘xshash bo‘lgan qasddan sodir 
etilgan jinoyatlardan ajratishda ko‘rinadi. Agar qasddan badanga og‘ir 
shikast yetkazish natijasida shaxsning o‘limi yuzaga kelsa, shuningdek, 
harakat umumiy qasd (egri qasd bo‘lsa ham) bilan qamrab olingan bo‘lsa, 
sodir etilgan jinoyat qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya qilinmog‘i 
lozim.
Murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat 
hisoblanadi va bu kategoriya jazoni o‘tash tartibiga va boshqa jinoiy-
huquqiy oqibatlarga ta’sir qiladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin