Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Huquqiy maqomiga
ko‘ra: 
– fuqaroviy holatiga qarab: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy davlat fuqarosi (JK 157-, 160- va 
224-moddalari); 
– jinoyat protsessi ishtirokchilari: ayblanuvchi, gumonlanuvchi, 
guvoh, tarjimon, ekspert va boshqalar (JK 237-, 238-, 240-moddalari); 
– harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar (JK 279–302-
moddalari). 
Demografik belgilariga
qarab: 
– jinsiga qarab: erkak (JK 120-moddasi); 
– yoshiga qarab – voyaga yetmagan (JK 127-moddasi yoki 131-
moddasi 2-qismi); 
– oilaviy, qarindoshlik aloqalariga qarab – ota-ona, ularning o‘rnini 
bosuvchilar yoki farzandlar (JK 122- va 123-moddalari). 
Mansabdorlik holatiga
qarab:
– mansabdor shaxs (JK 144-, 146-, 205–212-moddalari); 
– huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari: surishtiruvchi, 
tergovchi, prokuror, sudya (JK 230-, 231-, 234-, 235-moddalari); 
ofitserlar, havo kemasi komandirlari va boshqalar (JK 287-, 288-, 
289-moddalari). 
Kasbiy majburiyatiga
qarab: vrach yoki boshqa tibbiyot yoki 
farmatsevtika sohasi xodimlari (JK 114-moddasi va boshqalar). 
Jabrlanuvchiga nisbatan yuqoriroq holatda bo‘lgan shaxs: 
jabrlanuvchining boshlig‘i (JK 121-moddasi). 
Jinoyat sodir qilayotgan shaxsning jinoyat bilan maxsus 
holatdaligi:
jazoni o‘tash joylaridagi mahkum, oldin sudlangan shaxs
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlar (JK 220–222-moddalari); 
Jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun boshqa zarur 
mezonlarga 
qarab,sog‘lig‘iga qarab – shaxsda OITS-infeksiyasining 
mavjudligi (JK 113-moddasi). 
258 


6-§. Jinoyat subyekti va jinoyatchining shaxsi 
Jinoyatning umumiy va maxsus subyektining ajralmas qismi 
hisoblangan umumiy va maxsus belgilaridan tashqari yana sud-tergov 
amaliyotida belgilanishi shart bo‘lgan belgilar ham mavjud. Ularga 
ayblanuvchi shaxsi, huquqiy maqomi (sudlanganlik va uning huquqiy 
oqibati sifatida retsidivlikning ma’lum turi), sodir qilingan jinoyatda har 
bir ayblanuvchi xulqining obyektiv xususiyati (tashkilotchi, dalolatchi, 
bajaruvchi va h.k.) kabilar kiradi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqi va kriminologiyada bir 
qarashda o‘xshash bo‘lgan, lekin mazmun va mohiyatiga ko‘ra har xil 
bo‘lgan jinoyat subyekti va jinoyatchi shaxsi tushunchalari o‘rtasidagi 
munosabatlar shubhasiz muhokama qilinadi
1

Jinoyat subyekti tushunchasini aybdorning shaxsi tushunchalaridan 
ajrata bilish lozim. Ularning har ikkisi ham bir odamni ifodalaydi. Ammo 
ularning huquqiy ahamiyati har xil. 
Jinoyat subyekti tushunchasi jinoyat-huquqiy kategoriya bo‘lib, 
jinoyatchi shaxs tushunchasiga nisbatan konkretroq va shu bilan birga 
jinoiy javobgarlikka tortish sharti sifatida bir qator qonunchilik belgilariga 
ega. Aybdor shaxsi – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning barcha 
ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlaridir. Bu jinoyat huquqida jinoiy 
javobgarlikning individuallashtirish funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy 
ahamiyatli tushunchadir. Kriminologiya predmetining muhim tarkibiy 
qismi bo‘lgan jinoyatchi shaxs muammosi jinoyat-huquqiy ahamiyatga 
ham ega. Jinoyat subyekti belgilarining mavjudligi jinoyatchini aybdor deb 
topish uchun yetarli va jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi. Biroq jazoni 
individuallashtirish uchun hamda jinoiy javobgarlik va jazodan ozod 
qilishda jinoyatchining shaxsi e’tiborga olinishi zarur. Jazo tayinlashning 
umumiy asosi sifatida jinoyatchining shaxsini ham hisobga olish mumkin. 
Jinoyatchi shaxsining bir qator xususiyatlari jazoni yengillashtiruvchi va 
og‘irlashtiruvchi holatlarda ham o‘z ifodasini topgan. Jinoyatchi shaxsini 
hisobga olish yengilroq jazo tayinlash va shartli hukm qilishda ham o‘z 
1
Хотя некоторые авторы предлагали их отождествлять (См.: Карпец И.И. Проблемы преступности. – М.: 
1969. – 
С. 102). 
259 


aksini topgan. Bundan tashqari, jinoyatchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ijtimoiy xavfliligi yo‘qolganligi munosabati bilan yoki chin ko‘ngildan 
pushaymonligi munosabati bilan javobgarlik va jazodan ozod qilishda, 
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni 
yengilrog‘i bilan almashtirishda hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddatini belgilashda 
jinoyatchi shaxsning jinsi va yoshini hisobga olish jinoyat-huquqiy 
ahamiyatga ega. 
Ya’ni, jinoyat tarkibi doirasidan tashqarida bo‘lgan jinoyatchi shaxs 
xususiyatlari jazoni individuallashtirishda va javobgarlik hamda jazodan 
ozod qilishda yuridik ahamiyatga ega. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin