Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Jinoyat sodir etish vositalarini yetkazib berish



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Jinoyat sodir etish vositalarini yetkazib berish
yordamchi 
tomonidan bajaruvchiga atrofdagi moddiy dunyoga tegishli, jinoiy 
qilmishni amalga oshirish uchun ishlatiladigan zarur bo‘lgan turli 
buyumlarni topshirishda ifodalanadi. Bularga lom, qurol, transport 
vositalari, yoqilg‘i materiallari va boshqa shu kabilar kirib, ular o‘z 
xossalari bo‘yicha bajaruvchiga muayyan jinoyat obyektiv tomonini 
amalga oshirishga ko‘maklashish imkoniyatiga ega bo‘lgan moddiy 
dunyoning turli xil narsalari xizmat qilishi mumkin. 
Bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etishda to‘siqlarni olib 
tashlash
ikki xil mazmunga ega. Birinchi holatda u tevarak-atrofda 
bajaruvchi jinoiy niyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiluvchi u yoki bu 
elementlarni olib qo‘yishdan iborat o‘zgarishlarda aks etadi. Ikkinchi 
holatda esa, aksincha, tevarak-atrofni bajaruvchiga jinoyat obyektiv 
tomonini amalga oshirishga yordam berishga mo‘ljallangan biror-bir 
narsalar bilan to‘ldirish ko‘zda tutiladi. 
To‘siqlarni bartaraf qilish, masalan qo‘riqchilar yoki jinoyat 
guvohlarining diqqatini chalg‘itish, signalizatsiyani uzib qo‘yish va 
hokazo kabi harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Yordamchining harakatlari, jinoyat boshqa ishtirokchilarining 
harakatlari singari, ishtirokchilik haqida birgalikdagi jinoiy faoliyat 
sifatida guvohlik berishi uchun bajaruvchining harakatlari bilan sababiy 
bog‘liqlikda bo‘lishi lozim. Bu holat yordamchining xatti-harakatlari 
bajaruvchinikidan oldin yoki uning qilmishi bilan bir vaqtda amalga 
oshirilgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Agar yordamchining faoliyati 
310 


bajaruvchi tajovuzi nihoyasiga yetgan lahzadan keyin amalga oshirilgan 
bo‘lsa, bu faoliyat bajaruvchi qilmishi bilan sababiy bog‘liqlikda 
bo‘lmaganligi uchun yordamchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin 
emas. 
Obyektiv tomondan yordamchilik faol harakat, shuningdek, 
harakatsizlik orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, yordamchi 
harakatsizlikda, faqatgina qonun bilan unga harakat qilish majburiyati 
yuklangan bo‘lgandagina ayblanishi mumkin. 
Ta’kidlash joizki, yordamchining xatti-harakatlari ular qanday shaklda 
amalga oshirilishidan qat’i nazar, qay bir tarzda yordam berishdan 
tashqari, JK Maxsus qismi moddasida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatning 
obyektiv tomonini ifodalamasligi shart. Aks holda yordamchi bajaruvchiga 
qilmishning obyektiv tomonini bajarishda yordam bersa, uning 
ishtirokidan qat’i nazar, u jinoyat yordamchisidan uning bajaruvchisiga 
aylanib qoladi. 
Yordamchilik jinoyat sodir etayotgan aniq bir shaxs yoki guruhga 
ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan harakatdir. 
Subyekt tomonidan yordamchilik 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin