ishtirokchilar obyektiv o‘zaro harakatining ifodasi bo‘lgani holda
ishtirokchilikni oddiy va murakkab turlarga ajratish asosida qo‘yiladi.
Jumladan,
ishtirokchilikning oddiy turiga
doir obyektiv alomatlar
shunda namoyon bo‘ladiki, jinoyat ikki yoki ko‘proq shaxslar tomonidan
birgalikda sodir etiladi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomoni
barcha ishtirokchilar tomonidan rollar taqsimotisiz qisman yoki to‘liq
bajariladi, bu esa birgalikdagi bajaruvchilikdan guvohlik beradi. Oddiy
ishtirokchilikda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir etishga qiziqtirishi,
tashkilotchi yoki dalolatchiga aylanishi, shu bilan birga ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etilishida bevosita qatnashishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar
ham mavjud. Bunday vaziyatlarda unga boshqa ishtirokchilar (bosh-
qalarning so‘zsiz, konklyudent roziligidan dalolat beruvchi) qo‘shilishi
mumkin. Boshqalarning jinoiy tajovuzga qo‘shilishida ifodalanadigan va
amaliyotda, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, bir guruh shaxslar tomonidan
sodir etiladigan nomusga tegish, bezorilik va boshqa shu kabi jinoyatlarda
ko‘p uchraydigan birgalikdagi bajaruvchilikning aniq namoyon bo‘lishini
ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: