Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir 
etilishida ishtirok qilishi 
murakkab ishtirokchilik 
deb topiladi 
(JK 29-
moddasi 3-qismi)

316 


Ishtirokchilikning bu shakli uchun asosiy element bo‘lib, ikki yoki 
undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etish boshlangunga qadar, shuningdek, 
JK Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoiy qilmishning (jinoiy faoliyatning 
emas) hech bo‘lmaganda bir kishi tomonidan sodir etish boshlanguncha til 
biriktirilganligi hisoblanadi. 
Kelishuv natijasida ishtirokchilarga tayyorlanayotgan jinoyat haqida 
umumiy ma’lumotlar ma’lum bo‘ladi. Kelishuv og‘zaki yoki yozma 
shaklda bo‘lishi mumkin. Odatda, kamroq ishtirokchilar konklyudent 
harakatlar (jimgina rozilik) natijasida ahdlashuvga erishishadi. 
Oldindan muvofiqlashtirilgan jinoyat birgalikda bajarilishi ham, rollar 
taqsimlangan holda sodir etilishi ham mumkin (tor ma’nodagi 
ishtirokchilik). Tashkilotchi, shuningdek, o‘zi tashkilotchi, dalolatchi yoki 
yordamchi vazifalarini bajarishi ham mumkin. Ushbu holatlarda jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda, muayyan jinoyatni ko‘rsatish bilan birga JK 
Umumiy qismining jinoyatning tashkilotchisiga doir tushunchalar 
ko‘rsatilgan, ya’ni JK 28-moddasi 3-qismiga ishora qilish lozim, zotan 
unda tashkilotchilik uchun dalolatchi va yordamchiga nisbatan og‘irroq 
javobgarlik ko‘zda tutiladi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumi ham bir necha bora ta’kidlab o‘tgan, unga 
ko‘ra, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan 
jinoyat to‘g‘risidagi ayblov hukmining tasvirlov qismida har bir ishtirokchi 
tomonidan qanday jinoiy harakatlar amalga oshirilganligi aniq ko‘rsatib 
o‘tilishi shart
1

Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyatda ishtirokchilik oldindan til biriktirib 
birgalikda bajarish shaklida (murakkab ishtirokchilik) va ushbu holatsiz 
(oddiy ishtirokchilik) shaklida, qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim 
jinoyatlar tarkibida kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ko‘zda tutiladi. JK 
Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida mazkur kvalifikatsiyalovchi 
belgilar «bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 97-moddasi 2-qismi «p» 
bandi, 235-moddasi 2-qismi «v» bandi), «bir guruh shaxslar tomonidan 
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном 
приговоре» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлениями Пленума Верховного суда 
Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник, 
Т.1. – С. 338. 
317 


oldindan til biriktirib» (190-moddasi 2-qismi «b» bandi), «oldindan til 
biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 244
1
-moddasi 3-qismi 
«a» bandi) kabi tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda «bir guruh shaxslar tomonidan 
oldindan til biriktirib» jumlasi juda kam, asosan, shaxsga qarshi 
jinoyatlarda uchraydi (masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 104-
moddasi 2-qismi «k» bandi, 118-moddasi 2-qismi «v» bandi). Shuni aytib 
o‘tish joizki, jinoiy javobgarlik uchun birgalikdagi ishtirokchilar uchun 
oldindan til biriktirilganlik belgisi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Qonun 
ushbu jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy xavfini faqat jinoyat ikki yoki undan 
ortiq shaxs tomonidan amalga oshirilganligi bilan bog‘laydi. Aniqlanishi 
zarur bo‘lgan birgina holat – barcha birgalikdagi ishtirokchilarda ushbu 
jinoiy qilmishni sodir etishga bo‘lgan qasd mavjudligidir. Agar ushbu 
holat qolgan ishtirokchilar ongini qamrab olmasa, unda ushbu band 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning iloji yo‘q. 
Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida 
uyushgan guruh kvalifikatsiyalovchi belgisi mavjud bo‘lmaganda, biroq 
jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur holat 
JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat 
sifatida hisobga olinishi lozim. Ushbu qoida xuddi shunday holatda jinoyat 
uyushgan guruh va jinoiy uyushma tomonidan sodir etilganda ham 
qo‘llaniladi. 
«Bir guruh shaxslar tomonidan» iborasi qo‘llanganda faqat jinoyatni 
birgalikda bir joyda va bir vaqtda bajaruvchi ishtirokchilar harakatlari 
tushunilishi sud-tergov amaliyoti tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, Oliy 
sud Plenumi tushuntirishlariga ko‘ra, «Jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik 
ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan 
ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi 
qismining «p» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda o‘limga sabab 
bo‘lgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi 
shart emas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini 
bartaraf etib, uni o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etgan, 
boshqasi esa, unga halok etuvchi shikast yetkazgan). 
318 


Qasddan odam o‘ldirishda bevosita ishtirok etmagan hamda jabr-
lanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatmagan, biroq o‘zgalar 
tomonidan qotillik sodir etilishida ko‘maklashgan boshqa shaxslarning 
harakatlari Jinoyat kodeksi 28-, 97-moddasining tegishli qismi bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinadi»
1

Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir 
etilgan talon-toroj deganda, bu jinoyatni sodir etishga oldindan kelishib 
olgan ikki yoki undan ortiq shaxs qatnashgan talon-toroj tushuniladi. Bu 
yerda gap bajaruvchiga jinoyat qurollarini taqdim etish, obyekt rejasini 
tuzish, qimmatliklarga ega shaxslarni ko‘rsatish va hokazolar haqida emas, 
balki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga ikkitadan kam bo‘lmagan 
shaxslarning bevosita tajovuzi haqida ketmoqda. 
Ta’kidlash joizki, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib 
o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishda ifodalanadigan mulkka qarshi 
jinoyatlarni sodir etishda ishtirokchilarning barchasi tajovuzni amalga 
oshirishi majburan shart emas. Tajovuz ularning biri tomonidan amalga 
oshirilishi va jinoyat obyektiv tomonini qisman sodir etgan boshqa 
ishtirokchilarning qasdi bilan birinchisining harakatlari qamrab olinishi 
muhimdir. Aks holda, gap faqatgina bajaruvchi eksessi haqida borishi 
mumkin. 
Alohida holatni mansabdor shaxslarning oldindan til biriktirishi 
tashkil etadi. Bunda ishtirokchilar tarkibi maxsus subyektlar – mansabdor 
shaxslardan iborat bo‘lishi lozim, aks holda mazkur asos bo‘yicha 
javobgarlikka tortish qonuniy bo‘lishi mumkin emas. Masalan: «jinoyatni 
sodir etishda avvaldan, ya’ni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki 
yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, pora olish bir 
guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir 
etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan 
paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi»
2

1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г., № 13 «О 
судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т.2. – С. 466. 
2
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 1999 г. № 19 «О 
судебной практике по делам о взяточничестве» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением 
Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник, Т.1. – С. 482. 
319 


Agar Maxsus qism normasi «oldindan til biriktirib» degan ta’rif bilan 
cheklangan bo‘lsa, kvalifikatsiya qilinadigan holatlarni belgilashda, uni 
jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma sifatida talqin qilib bo‘lmaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin