Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Zarar xususiyatiga
ko‘ra, oqibat ikki guruhga: moddiy va nomoddiy 
oqibatga ajratiladi. 
Moddiy oqibat
– jismoniy va mulkiy zarar ko‘rinishidagi oqibat 
bo‘lib, aniq isbotlash va belgilashga moyil. Jismoniy zarar – shaxsga 
qarshi jinoyatlarda ifodalanib, u shaxs o‘limida yoki turli darajadagi 
sog‘liqqa zarar yetkazishda ifodalansa, mulkiy zarar esa, masalan, o‘zgalar 
mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan jinoyatlar, jabrlanuvchi mulkini 
kamaytirishga qaratiladi. 
Nomoddiy oqibat
ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik va boshqa 
shunga o‘xshash mazmunlarda ifodalanadi. Masalan, tuhmat va haqorat 
qilishda jabrlanuvchi ongida ijtimoiy-psixologik ta’sirning mazmuni, 
165 


urushni targ‘ib qilishda mafkuraviy va siyosiy mazmun muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Nomoddiy oqibat esa ikki turda ifodalanadi: 
– real ziyon ko‘rinishidagi nomoddiy zarar, masalan, JK 144-moddasi 
1-qismida nazarda tutilgan zarar: «fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari»ga zarar yetkazish; 
– zarar yetkazish xavfi ko‘rinishidagi oqibat. Masalan, JK 113-
moddasida nazarda tutilgan tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida 
qoldirish jinoyatida shaxs sog‘liqiga nisbatan xavf vujudga keladi. 
Yetkazilgan zararning 
xavflilik darajasiga 
ko‘ra oqibat 2 guruhga 
bo‘linadi: 
– asosiy jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, masalan, 266-
moddadagi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab 
bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi 
qoidalarini buzish; 
– og‘irlashtiruvchi jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, 
masalan, JK 266-moddasi 2- va 3-qismida javobgarlik odamlar o‘limi, 
halokat va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqanda yuzaga keladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin