Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Motiv shaxsning jinoyat sodir etishga bo‘lgan ichki mayli va
xohishida ko‘rinadi.
Maqsad – bu aybdorning shunday tasavvuriki, unda o‘zi istagan
natijaga jinoyat sodir etish bilan erishishi uchun intilishi tushuniladi.
Motiv va maqsad fakultativ belgilar bo‘lib, ya’ni ular har qanday
tarkibni ham ifodalamaydi. Qachonki ular JKning maxsus qismi
dispozitsiyasida ko‘rsatib o‘tilganida yoxud ularning mavjudligi yuridik
tabiatning aniq bir jinoyat tarkibidan kelib chiqqanida, motiv va maqsad
mana shu jinoyat tarkibi subyekt tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.
His-tuyg‘u shaxs jinoyat sodir etishida o‘zida his qiladigan ichki
kechinmalarda ko‘rinadi.
Aytish kerakki, ayrim olimlar his-tuyg‘uni, jinoyat huquqida uncha
muhim ahamiyatga ega bo‘lmaganligi uchun subyekt tomon tarkibiga
kirg‘izishmaydi. Qonun chiqaruvchilar tomonidan ham qoida bo‘yicha his-
tuyg‘u tushunchasi ishlatilmaydi. Biroq quyidagi: kuchli ruhiy
hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (JK 98-moddasi); onaning
o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (JK 99-moddasi); kuchli ruhiy
hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazish (JK 106-moddasi) kabi jinoyat tarkiblari istisnoni tashkil etadi.
Bunday holatlarda, odam o‘ldirganlik va qasddan badanga shiksat
yetkazganlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar sifatida,
subyektning jinoyat sodir etish vaqtidagi muayyan emotsional holati, ya’ni
uning chuqur his-tuyg‘uga boy kechinmalari, jabrlanuvchi tomonidan
g‘alamislik (huquqqa yoki axloq qoidalariga zid) harakatlarini yoki uzoq
vaqt ruhiy azoblanishni keltirib chiqarganligi holatlari yaqqol ko‘rinib
turadi.
Jinoyat subyekt tomonining belgilari bo‘lmish: ayb, motiv, maqsad va
his-tuyg‘u kabilar to‘g‘risida quyida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
177
Ta’kidlash joizki, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda jinoyat