To‘g‘ri yoki egri qasdda intellektual element harakat
(harakatsizlik)ning ijtimoiy xavfini anglashni va ijtimoiy xavfli
oqibatlarining kelib chiqishi mumkinligini yoki muqarrarligini yoki faqat
ularning kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko‘ra bilishni (egri qasdda)
ifodalaydi, irodaviy element esa, xohish (to‘g‘ri qasdda) yoki ongli
ravishda yo‘l qo‘yishda yoki unga beparvo munosabatda bo‘lishda (egri
qasdda) ifodalanadi.
Jinoiy o‘z-o‘ziga ishonishda, intellektual element o‘z-o‘ziga
ishonishning ijtimoiy xavfli oqibatlarining kelib chiqishi ehtimolini
oldindan ko‘ra bilishda va ularning oldini olishga yetarli asoslar
bo‘lmaganida, irodaviy element esa, ularning kelib chiqishini istamaslikda,
ularning oldini olishga intilishda ifodalanadi.
Jinoiy beparvolik uchun intellektual va irodaviylikni inkor etuvchi
elementlar xosdir, ijtimoiy xavfli oqibatlarga mumkin va zarur bo‘lgan
muayyan intellektual munosabatning, ya’ni shaxsning bu oqibatlarni
ko‘rishining va oldindan ko‘ra bilishligining mavjud emasligi xosdir.
Irodaviy jarayonning mohiyati, aybning qasdli shaklida shaxsning o‘z
xatti-harakatlarini ongli ravishda oldindan belgilangan yoki oldindan ko‘ra
olishi mumkin bo‘lgan maqsadiga yo‘naltirishida, ehtiyotsizlikda esa, o‘z
xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylamasligida va e’tiborsizligi natijasida
ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishida ko‘rinadi. Ehtiyotsizlikning
irodaviy elementining o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda shaxs kerakli
ruhiy zo‘r berishni, ruhiy kuchni ishlatmaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlarni
keltirib chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, ijtimoiy xavfli oqibatlarni
keltirib chiqarishdan qochadi.
Sud tomonidan shaxsning xususiyatini va uning sodir etgan qilmishiga
munosabatini hisobga olgan holda, unga jazo tayinlanayotgan vaqtda ruhiy
ko‘rinishlari ham hisobga olinadi.
Ayb faqat yuridik jihatdan qonunchilik tomonidan belgilangan forma
va shakllarda mavjud. Shu bilan birga qonunchilik aybning boshqa
shaklini, ya’ni jinoyat sodir etishda qasd va ehtiyotsizlikni ajratib
ko‘rsatadi (
Dostları ilə paylaş: