qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishida ifodalanadi. Aybsiz zarar
yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
«Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda
qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u
aybdor hisoblanmaydi»
1
. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
aybni sodir etilgan jinoyatning asosiy elementlaridan biri sifatida ko‘rsatib,
uning tushuntirishiga ko‘ra, hukm shaxsning aybdorligini (aybsizligini)
belgilaydi, huquqiy jihatdan uning harakatini (harakatsizligini), jazo turi va
miqdorini aniqlaydi
2
.
Ayb jinoiy javobgarlik va jazoning subyekt zaruriy dastlabki sharti
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: