5-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning
ahamiyati
Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining
fakultativ belgilari
quyidagilar:
jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi kabilardir.
Ular nazariy jihatdan fakultativdir. Ammo amaliyotda ular jinoyatni
ochish, kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu belgilar
qonunda bevosita ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi.
NOTA BENE !
Jinoyat sodir qilish
joyi
– bu jinoyat sodir qilingan chegaralangan
hudud, joy, geografik nuqta bo‘lib, unga masalan, uy-joy, o‘rmon, ombor
va shu kabilar kirishi mumkin.
Jinoyat sodir qilish joyi jinoyat qonuni amal qiladigan butun Jinoyat
kodeksi 11–12-moddalaridagi prinsipga ko‘ra belgilangan hududda jinoiy
javobgarlikni yuzaga keltiradi. Bu holatda jinoyat sodir qilish joyi hudud
169
va fuqarolik prinsiplariga asosan belgilanadi. Bu prinsiplar asosida
O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida sodir qilingan
jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinadi. Jinoyat kodeksi
Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat
sodir qilish joyi jinoyatning zaruriy belgisi bo‘ladi, masalan, Jinoyat
kodeksi 202, 220, 222-moddalari.
Agar moddaning dispozitsiyasida jinoyat sodir qilish joyi zaruriy belgi
bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jinoyatning aynan
o‘sha joyda sodir bo‘lganligini aniqlashlari lozim.
NOTA BENE !
Jinoyat sodir etish
vaqti
sekund, minut, soat, sutka, oy kabi vaqt
birliklari bilan o‘lchanadigan ma’lum davr bo‘lib, aynan shu davrda
jinoyat sodir qilinadi.
Jinoyat sodir qilish vaqti jinoyat sodir qilish joyi kabi jinoiy
javobgarlikning umumiy shartlari va fakultativ belgisi sifatida chiqadi.
Umumiy shart sifatida jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi 13-
moddasida belgilangan va umuman Jinoyat kodeksini qo‘llashda muhim
ahamiyatga ega. Jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi Maxsus qismi
dispozitsiyasida maxsus tarzda belgilangan hollarda ahamiyatga ega,
masalan, Jinoyat kodeksi 99-moddasi onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish
vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishini nazarda tutadi. Yoki
bo‘lmasa, qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish jinoyati (JK 291-
moddasi) faqatgina mana shu xizmatni o‘tayotgan vaqtda sodir etilishi
mumkin.
Kamdan-kam hollarda jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi
moddalari dispozitsiyalarida nazarda tutiladi. Ammo nazarda tutilgan
hollarda uni aniq belgilab olish zarur. Vaqt aniq ko‘rsatilmagan bo‘lishi
mumkin, lekin u aynan nazarda tutiladi. Masalan, saylov natijalarida
ovozlarni noto‘g‘ri hisoblash jinoyati uchun javobgarlik faqat saylov
vaqtida yuzaga keladi (JK 146-moddasi).
170
Jinoyat kodeksida jinoyat sodir qilish
usuli
to‘g‘risida ko‘p gap
boradi, chunki aynan jinoyat sodir qilish usuli bir-biriga yaqin jinoyatlarni
bir-biridan farqlash mezonidir. Shu bilan birga, jinoyat sodir qilish usuli
yakka holda ham, bir guruh holatida ham ifodalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |