Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Oldindan til biriktirilmagan ishtirokchilik



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Oldindan til biriktirilmagan ishtirokchilik
bevosita jinoyat sodir 
etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig‘ida ishtirokchilik jinoyatini 
amalga oshirish jarayonida bir vaqtning o‘zida (masalan, ikki shaxs 
jabrlanuvchiga tajovuz qilib, uni o‘lgunicha do‘pposlaydilar), shuningdek, 
muayyan vaqtdan so‘ng (masalan, bir shaxs do‘pposlashga tushadi, 
ikkinchisi bir ozdan so‘ng unga qo‘shiladi va ular birgalikda 
jabrlanuvchini o‘ldirishadi) vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oldindan 
(jinoyat sodir etilishidan oldin) til biriktirishning bo‘lmasligi bilan 
tavsiflanadi. Bunday ishtirokchilikda til biriktirilganlik darajasi minimal 
bo‘lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakatlar to‘liq yoki 
qisman amalga oshiriladi, ishtirokchilar o‘z harakati orqali boshqasining 
harakatini to‘ldiradi. 
Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda
birgalikda jinoyat sodir etish 
haqida oldindan til biriktirib, shuningdek, jinoyat sodir etilishidan oldinroq 
til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishtirokchilikni kvalifikatsiya 
qilish uchun bu kelishuvga erishilganidan so‘ng qancha vaqt o‘tganligi 
ahamiyatga ega emas. Vaqt katta hamda kichik oraliqlarda hisoblanishi 
mumkin: daqiqalar, soatlar, sutkalar, oylar, yillar va hokazo. Ishtirokchilar 
314 


o‘rtasida u yoki bu jinoyatni sodir etish yuzasidan kelishuv og‘zaki yoki 
yozma, til biriktiruv, shartli belgi, boshni chayqatish, imo-ishora va boshqa 
shu kabi shakllarda ifodalanishi mumkin. Oldindan til biriktirish 
tomonlarning ko‘zda tutilayotgan jinoyatning birgalikda sodir etilishidan 
xabardorligidan, uni sodir etishda har bir ishtirokchining o‘z vazifalarini 
bilishi, hamjihatlikning nisbatan yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. 
Ishtirokchilik turlari uning shakllari bilan chambarchas bog‘liq. 
Birgalikdagi jinoiy faoliyatning muayyan holatlarida ishtirokchilikning har 
xil turlari va shakllari bo‘lishi mumkin. Oldindan til biriktirish 
ishtirokchiligi bir guruh shaxslar, uyushgan guruh, jinoiy uyushma 
tomonidan oldindan til biriktirib sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘ladi. O‘z 
navbatida, ishtirokchilikning keyingi ikki shakli ko‘pincha, harakatdagi 
shaxslar o‘rtasida rollar taqsimoti bilan (ishtirokchilikning murakkab turi), 
kamroq holatlarda esa birgalikda bajaruvchilik turi (ishtirokchilikning 
oddiy turi) sifatida ifodalanishi mumkin. 
Ishtirokchilikni turlarga ajratish muhim yuridik ahamiyatga ega, bu 
ishtirokchilar harakatlari tasnifini to‘g‘ri aniqlashga imkon yaratadi. 
Xususan, oddiy ishtirokchilikda bajaruvchilar harakatlari faqat JK Maxsus 
qismi moddasi bo‘yicha JK 28-moddasiga (ishtirokchilar turlari) izoh 
qilmasdan kvalifikatsiya qilinadi, chunki ularning o‘zlari muayyan jinoiy 
qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarishadi. Murakkab 
ishtirokchilikda esa, aksincha. Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi kabi 
ishtirokchilarning harakatlari jinoyat obyektiv tomonini bevosita 
bajaruvchisining harakatlari kabi JK Maxsus qismining o‘sha moddasi 
bo‘yicha, biroq JK 28-moddasi tegishli qismiga izoh qilgan holda 
tasniflanadi (ular bir vaqtning o‘zida jinoyatning birgalikda bajaruvchilari 
bo‘lgan holatlardan tashqari). 
Demak, ishtirokchilik shakllari haqidagi masalaga qaytgan holda 
shuni ta’kidlab o‘tamizki, 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin