NOTA BENE !
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir
etilishida ishtirok qilishi
murakkab ishtirokchilik
deb topiladi
(JK 29-
moddasi 3-qismi)
.
316
Ishtirokchilikning bu shakli uchun asosiy element bo‘lib, ikki yoki
undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etish boshlangunga qadar, shuningdek,
JK Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoiy qilmishning (jinoiy faoliyatning
emas) hech bo‘lmaganda bir kishi tomonidan sodir etish boshlanguncha til
biriktirilganligi hisoblanadi.
Kelishuv natijasida ishtirokchilarga tayyorlanayotgan jinoyat haqida
umumiy ma’lumotlar ma’lum bo‘ladi. Kelishuv og‘zaki yoki yozma
shaklda bo‘lishi mumkin. Odatda, kamroq ishtirokchilar konklyudent
harakatlar (jimgina rozilik) natijasida ahdlashuvga erishishadi.
Oldindan muvofiqlashtirilgan jinoyat birgalikda bajarilishi ham, rollar
taqsimlangan holda sodir etilishi ham mumkin (tor ma’nodagi
ishtirokchilik). Tashkilotchi, shuningdek, o‘zi tashkilotchi, dalolatchi yoki
yordamchi vazifalarini bajarishi ham mumkin. Ushbu holatlarda jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda, muayyan jinoyatni ko‘rsatish bilan birga JK
Umumiy qismining jinoyatning tashkilotchisiga doir tushunchalar
ko‘rsatilgan, ya’ni JK 28-moddasi 3-qismiga ishora qilish lozim, zotan
unda tashkilotchilik uchun dalolatchi va yordamchiga nisbatan og‘irroq
javobgarlik ko‘zda tutiladi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi ham bir necha bora ta’kidlab o‘tgan, unga
ko‘ra, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan
jinoyat to‘g‘risidagi ayblov hukmining tasvirlov qismida har bir ishtirokchi
tomonidan qanday jinoiy harakatlar amalga oshirilganligi aniq ko‘rsatib
o‘tilishi shart
1
.
Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyatda ishtirokchilik oldindan til biriktirib
birgalikda bajarish shaklida (murakkab ishtirokchilik) va ushbu holatsiz
(oddiy ishtirokchilik) shaklida, qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim
jinoyatlar tarkibida kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ko‘zda tutiladi. JK
Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida mazkur kvalifikatsiyalovchi
belgilar «bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 97-moddasi 2-qismi «p»
bandi, 235-moddasi 2-qismi «v» bandi), «bir guruh shaxslar tomonidan
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном
приговоре» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлениями Пленума Верховного суда
Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник,
Т.1. – С. 338.
317
oldindan til biriktirib» (190-moddasi 2-qismi «b» bandi), «oldindan til
biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 244
1
-moddasi 3-qismi
«a» bandi) kabi tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda «bir guruh shaxslar tomonidan
oldindan til biriktirib» jumlasi juda kam, asosan, shaxsga qarshi
jinoyatlarda uchraydi (masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 104-
moddasi 2-qismi «k» bandi, 118-moddasi 2-qismi «v» bandi). Shuni aytib
o‘tish joizki, jinoiy javobgarlik uchun birgalikdagi ishtirokchilar uchun
oldindan til biriktirilganlik belgisi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Qonun
ushbu jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy xavfini faqat jinoyat ikki yoki undan
ortiq shaxs tomonidan amalga oshirilganligi bilan bog‘laydi. Aniqlanishi
zarur bo‘lgan birgina holat – barcha birgalikdagi ishtirokchilarda ushbu
jinoiy qilmishni sodir etishga bo‘lgan qasd mavjudligidir. Agar ushbu
holat qolgan ishtirokchilar ongini qamrab olmasa, unda ushbu band
bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning iloji yo‘q.
Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida
uyushgan guruh kvalifikatsiyalovchi belgisi mavjud bo‘lmaganda, biroq
jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur holat
JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat
sifatida hisobga olinishi lozim. Ushbu qoida xuddi shunday holatda jinoyat
uyushgan guruh va jinoiy uyushma tomonidan sodir etilganda ham
qo‘llaniladi.
«Bir guruh shaxslar tomonidan» iborasi qo‘llanganda faqat jinoyatni
birgalikda bir joyda va bir vaqtda bajaruvchi ishtirokchilar harakatlari
tushunilishi sud-tergov amaliyoti tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, Oliy
sud Plenumi tushuntirishlariga ko‘ra, «Jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik
ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan
ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi
qismining «p» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda o‘limga sabab
bo‘lgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi
shart emas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini
bartaraf etib, uni o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etgan,
boshqasi esa, unga halok etuvchi shikast yetkazgan).
318
Qasddan odam o‘ldirishda bevosita ishtirok etmagan hamda jabr-
lanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatmagan, biroq o‘zgalar
tomonidan qotillik sodir etilishida ko‘maklashgan boshqa shaxslarning
harakatlari Jinoyat kodeksi 28-, 97-moddasining tegishli qismi bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinadi»
1
.
Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir
etilgan talon-toroj deganda, bu jinoyatni sodir etishga oldindan kelishib
olgan ikki yoki undan ortiq shaxs qatnashgan talon-toroj tushuniladi. Bu
yerda gap bajaruvchiga jinoyat qurollarini taqdim etish, obyekt rejasini
tuzish, qimmatliklarga ega shaxslarni ko‘rsatish va hokazolar haqida emas,
balki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga ikkitadan kam bo‘lmagan
shaxslarning bevosita tajovuzi haqida ketmoqda.
Ta’kidlash joizki, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib
o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishda ifodalanadigan mulkka qarshi
jinoyatlarni sodir etishda ishtirokchilarning barchasi tajovuzni amalga
oshirishi majburan shart emas. Tajovuz ularning biri tomonidan amalga
oshirilishi va jinoyat obyektiv tomonini qisman sodir etgan boshqa
ishtirokchilarning qasdi bilan birinchisining harakatlari qamrab olinishi
muhimdir. Aks holda, gap faqatgina bajaruvchi eksessi haqida borishi
mumkin.
Alohida holatni mansabdor shaxslarning oldindan til biriktirishi
tashkil etadi. Bunda ishtirokchilar tarkibi maxsus subyektlar – mansabdor
shaxslardan iborat bo‘lishi lozim, aks holda mazkur asos bo‘yicha
javobgarlikka tortish qonuniy bo‘lishi mumkin emas. Masalan: «jinoyatni
sodir etishda avvaldan, ya’ni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki
yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, pora olish bir
guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir
etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan
paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi»
2
.
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г., № 13 «О
судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т.2. – С. 466.
2
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 1999 г. № 19 «О
судебной практике по делам о взяточничестве» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением
Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник, Т.1. – С. 482.
319
Agar Maxsus qism normasi «oldindan til biriktirib» degan ta’rif bilan
cheklangan bo‘lsa, kvalifikatsiya qilinadigan holatlarni belgilashda, uni
jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma sifatida talqin qilib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |