Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Uyushgan guruh
– oddiy va murakkab ishtirokchilikka nisbatan 
xavfliroq ishtirokchilik shaklidir. 
NOTA BENE ! 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi 
uchun oldindan bir guruhga birlashishi 
uyushgan guruh
deb topiladi 
(JK 
29-moddasi 4-qismi).
Ushbu ishtirokchilik shakli oldindan til biriktirish, barqarorlik, 
vazifalarning taqsimlanishi, bir qancha jinoyat sodir etish maqsadida 
tuzilganligi kabi qator o‘ziga xos belgilar bilan tavsiflanadi. 
Uyushgan guruh barqarorligi
deganda, guruh ishtirokchilari 
o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish 
yoxud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir etishning maxsus 
usullaridan foydalanish tushuniladi. 
Obyektiv tomondan barqarorlik ikkiyoqlama tavsiflanadi: birinchidan, 
tashkilotchi (rahbar) shaxsining jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadi 
asosida tashkil etilgan guruh o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, umumiy jinoiy 
maqsad va manfaat, jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida vazifalarning 
taqsimlanganligi; ikkinchidan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 
maxsus usullardan foydalanish, guruhdagi qat’iy tartib, doimiy nazorat va 
guruh a’zolari harakatini boshqarish, yuqori darajada kelishganlik va 
uyushganlik. 
«Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy 
qasdni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, 
ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o‘rtasida vazifalarning 
taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlash, guruhda 
o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishlik 
jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi»
1

1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 37 «О 
судебной практике об угоне транспортных средств» (с изменениями и дополнениями, внесенными 
320 


Shuni aytish kerakki, Oliy sud instansiyasi uyushgan guruh jinoiy 
ishtirokchilik shaklini ifodalovchi u yoki bu belgilar yuzasidan 
tushuntirishlarni doimo yoritib boradi. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida uyushgan guruhni tavsiflovchi 
belgilarni aniqlash yuzasidan tushuntirishlar berilgan. Xususan, qayd 
etiladiki, «uyushgan guruh deganda, transport vositalarini olib qochish 
yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan ko‘p 
shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak»
1
. Mazkur qoida 
uyushgan guruh belgilari bo‘yicha sodir etilgan boshqa jinoyatlarni 
kvalifikatsiya qilishga ham birday tegishlidir. 
«Jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy 
mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining 
bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, 
jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir 
ishtirokchi 
o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan 
ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy 
intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat 
qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim»
2


Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin