Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 37-moddasi 4-qismida
bevosita ko‘rsatilgan. 
Bunday holda «mudofaalanuvchining» harakatlari qasddan qilingan 
jinoyat deb malakalanishi lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi Plenumining tushuntirishlariga ko‘ra, «agar shaxs ziyon yetkazish 
(urishish, azob berish, o‘ch olish va boshqalar) niyatida hujumning kelib 
chiqishiga sababchi bo‘lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinida 
qilingan deb topish mumkin emas. Bu holatlarda sodir etilgan xatti-
harakatlar umumiy asoslarda tavsiflanishi lozim»
1
.
Zaruriy mudofaaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi qonuniylikning 
majburiy sharti sifatida subyekt tomonidan ham mudofaalanuvchi 
shaxsning harakatlari ijtimoiy foydali manfaatga erishuviga qaratilgan 
bo‘lishi lozimligini bildiradi. Xususan, mudofaalanuvchi o‘zi amalga 
oshiradigan harakatlarning ijtimoiy foydali xarakterini anglab yetishi 
lozim. Shu bilan huquqqa qarshi tajovuzning oldini olayotganligini bilmay 
turib tajovuz qilayotgan shaxsning himoya qilinadigan huquq bilan 
manfaatlarini buzgan shaxs zaruriy mudofaa holatida himoya qilishni 
amalga oshirgan shaxs deb qaralishi umuman mumkin emas. Irodaviy 
jihati ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni mudofaalanuvchi 
tajovuzga chek qo‘yish orqali ijtimoiy foydali manfaatga erishishni istashi 
lozim. Shunday qilib, zaruriy mudofaaning maqsadga qaratilganligi 
nafaqat shaxsning himoya qilish harakatlarining ijtimoiy foydali bo‘lishini 
ko‘zda tutadi, balki ushbu shaxs shu maqsadga erishuvini anglashi va unga 
intilishini talab etadi.
Zaruriy mudofaada himoya qilish qonuniyligining keyingi sharti 
zaruriy mudofaa
uchinchi shaxslarga, ularning huquqlari va 
manfaatlariga yoki jamiyat yoki davlatga zarar yetkazish emas, balki 
mutlaqo faqat tajovuzchi shaxsga zarar yetkazilishi orqali amalga 
oshirilishi lozimligi bo‘lib, bu JK 37-moddasi 1-qismida
ochiq-oydin 
ko‘rsatiladi. 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли 
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 3-банд // Тўплам, 1-жилд. – 77–78-б.
394 


Qonunning ushbu talabi zaruriy mudofaa huquqi tajovuzchining 
huquqqa qarshi harakatlari natijasida paydo bo‘lishi bilan belgilab beriladi, 
ularga chek qo‘yish maqsadida unga zarar yetkazish zarurati tug‘iladi. 
Shuni hisobga olish lozimki, tajovuzchiga zaruriy mudofaa paytida 
zarar yetkazish huquqqa qarshi harakatni kim sodir etishi, himoya qilish 
kimga qarshi qaratilganligi, shuningdek, tajovuzchi mudofaalanuvchi bilan 
qanday munosabatlarda bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu sababli mudofaa 
ham mudofaalanuvchiga yaqin shaxslarga qarshi (turmush o‘rtog‘i, 
qarindoshi, do‘sti va boshqalar), ham mutlaqo notanish shaxslarga qarshi, 
oddiy fuqaroga yoki hokimiyat vakiliga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin 
va hokazo. 
Mudofaalanuvchi tomonidan tajovuzga javob berish oqibatida begona 
shaxslarga, ya’ni uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, uning 
harakatlari muayyan holatlariga qarab quyidagicha kvalifikatsiyalanishi 
lozim: 
– ushbu jinoiy-huquqiy institutning qonun talab etgan barcha belgilari 
mavjud bo‘lgan holda, oxirgi zarurat sifatida; 
– xayoliy mudofaa to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq, sodir etilgan 
qilmishda barcha zaruriy shartlar mavjud bo‘lgan holda zaruriy mudofaa 
yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat sifatida; 
– umumiy asoslarda odatdagi qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan 
sodir etilgan jinoyat sifatida. Ehtiyotsizlik orqasidan jinoyatdan farqli 
ravishda, xayoliy mudofaada aybdor shaxs ehtiyotsizlik orqasidan zarar 
yetkazgan uchinchi shaxslarning harakatlari uning ongida amalga 
oshirilayotgan tajovuz bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, mudofaalanuvchi 
qurollangan talonchilarning tajovuziga chek qo‘yish maqsadida ulardan 
biriga jamoat joyida o‘t ochsa va bunda o‘tkinchi yo‘lovchilardan biriga 
o‘q tegsa; 
– aybsiz zarar yetkazish sifatida. Bunday holatlarda shaxsning 
harakatlari JK 24-moddasiga ko‘ra jinoiy jazolanmaydigan bo‘ladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin