Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
maqsadga qaratilganligi bo‘lishi lozim, ya’ni bunda
mudofaalanuvchining xulqi ijtimoiy foydali manfaatga erishuviga
yo‘naltirilganligidan dalolat beruvchi obyektiv va subyekt alomatlarning
tizimi tushunilishi lozim. Bu esa, tajovuz qaratilgan ma’lum ijtimoiy
munosabatlarning himoya qilish talabi sifatida tushuniladi. Bunda himoya
qilish harakatlari ham mudofaalanuvchining huquqlari va manfaatlariga
tajovuzchi shaxslarga qarshi, ham boshqa shaxslarning, shuningdek,
muassasalar, tashkilotlar, jamiyat va davlatning huquqlari va manfaatlariga
tajovuzchi shaxslarga qarshi qaratilishi mumkinligini unutmaslik lozim,
tajovuzning muayyan qaratilishi bunda ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Mudofaa qilish harakatlarini ijtimoiy foydali manfaatga erishuvga
qaratilgan deb tan olishda jabrlanuvchining rasman yordam so‘rab
murojaat qilganligi, uning yordam ko‘rsatishga rozilik berganligi yoki
yordam ko‘rsatmaslik talabi ham ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Zaruriy mudofaani amalga oshirish huquqi har bir insonning subyekt
huquqidir va shuning uchun ham himoya qilishni, shu jumladan boshqa
shaxslarga qarshi qaratilgan tajovuzlarda himoya qilishni amalga oshirish
qarori mudofaalanuvchining mutlaq prerogativ huquqi bo‘ladi.
Zaruriy mudofaaning ijtimoiy foydali manfaatga erishuviga
qaratilmaganligi shaxsning himoya qilish harakatlarini ma’nosidan
mahrum etadi, bir qator holatlarda esa jinoyatga aylantiradi.
Xususan,
zaruriy mudofaani qo‘zg‘atish jinoyat bo‘ladi, bunda
keyinchalik zaruriy mudofaa niqobi ostida unga zarar yetkazish uchun
biror-bir shaxs boshqa shaxs tomonidan agressiv harakatlarni yuzaga
keltirishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni ongli ravishda hosil qilishi holatlari
tushuniladi. Bu holda mudofaalanuvchi ijtimoiy foydali manfaatga erishish
uchun emas, balki faqat o‘zining g‘arazli motivlaridan kelib chiqib harakat
qilgani uchun bunday harakatlarni zaruriy mudofaa sifatida malakalash
393