tartibiga zarar yetkazish bilan tahdid soluvchi holatlar ijtimoiy xavfli va
oxirgi zarurat holatiga olib keladigan deb tan olinadi.
Shuni hisobga olish lozimki, oxirgi zarurat holatida tahdid
soluvchi
xavfni belgilab beruvchi holatlar faqat ijtimoiy xavfli bo‘lishi lozim,
zaruriy mudofaadan farqli ravishda Bu yerda jinoyatning huquqqa qarshi
bo‘lishining belgisi talab etilmaydi. Bu shart nafaqat boshqa kishilarning
tajovuz qilishi, balki: tabiat kuchlarining ta’siri (tabiiy ofatlar, ob-havo
sharoitlari va hokazolar), inson organizmining fiziologik va patologik
jarayonlari (oriqlashuv, suvsizlashuv, kasallik va boshqalar); yuqori xavf
manbalari; hayvonlarning harakati; mashinalar va mexanizmlarning
nosozligi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, aybsiz
qilmishlar ham xavf manbai deb tan olinishi mumkin.
Keyinchalik oxirgi zaruratni amalga oshiruvchi
shaxsning harakatlari
ham xavf manbai bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tergov va sud
organlari obyektiv ravishda ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelgan
qilmishni amalga oshirishning subyekt tomoniga e’tibor berishi lozim.
Jumladan, ushbu qilmish shaxs tomonidan qasddan, o‘zi uchun yoki
boshqa shaxs uchun yoki boshqa ijtimoiy manfaat uchun xavfli holatni
yuzaga
keltirib, keyin biror-bir jinoiy qilmishni sodir etgan holda oxirgi
zaruratga havola etish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, uning harakatlari
umumiy asoslarda oddiy jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Bunday
harakatlar oxirgi zarurat provokatsiyasi deyiladi. Bunday holda
jinoyat
qasdi nafaqat birlamchi qilmishni, balki shaxs o‘zining g‘arazli maqsadida
foydalanmoqchi bo‘lgan keyingi oxirgi zaruratni qamrab olishi lozim. Bu
sababdan, agar shaxs avval qasddan jinoyatni sodir etsa, keyin esa jinoyat
ijtimoiy xavfli oqibatlarining oldini olish uchun uning ongida qamrab
olinmagan yana bir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etsa, ikkinchi qilmishi
oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb qaralishi lozim. Masalan, agar
shaxs boshqa kishiga qasddan og‘ir tan jarohatini yetkazgan bo‘lsa, keyin
esa uning hayotini saqlab qolish uchun avtomobilni olib qochib ketsa,
keyingi qilmishi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb malakalanishi va
javobgarlikka tortilmasligi lozim.
404
Birlamchi qilmishni shaxs ehtiyotsizlik orqasidan yoki
umuman
aybsiz sodir etgan holda, unda birlamchi qilmish tufayli yuzaga keltirilgan
kattaroq zararning oldini olish uchun keyinchalik kamroq zararni yetkazish
doimo oxirgi zarurat qoidalariga ko‘ra malakalanishi lozim. Birlamchi
qilmish esa mustaqil huquqiy baholanishi kerak.
Oxirgi zaruratda xavf manbai deb, fuqarolar va mansabdor shaxs-
larning ma’lum qonuniy harakatlari (harakatsizligi) ham tan olinishi
mumkin. Jumladan, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar
sifatida:
zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoyatchini ushlash va boshqalar
mavjud bo‘lganda sodir etilgan harakatni (harakatsizlikni) tan olish lozim.
So‘zsiz ravishda, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda,
buyruqni bajarishda sodir etilgan qilmishlar va hokazolar xavf manbai deb
tan olinishi lozim. Bunday harakatlarga
qarshi oxirgi zarurat doimo
mumkin va qonuniy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: