ehtiyotsiz jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Agar shaxs unda zarar
yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa qilmishlarni
amalga oshirish
imkoni mavjudligini anglab yetmagan va ish holatlariga ko‘ra anglab
yetishi mumkin bo‘lmagan holda bu qilmishni oxirgi zarurat qoidalariga
ko‘ra malakalash lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, qilmishni oxirgi zaruratda amalga oshirish
majburiyligi uning shu vaziyatda
yagonaligini bildirmaydi, ya’ni aynan
shu qilmish yagona bo‘lishi lozimligi talab etilmaydi. Qilmishning
majburiyligi faqat zarar yetkazish majburiyligi bo‘lib, lekin uni yetkazish
usullari majburiy bo‘lmaydi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat alomatlariga mos
keluvchi
qilmishni sodir etish
Dostları ilə paylaş: