Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


oxirgi zarurat holatida sodir



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

 oxirgi zarurat holatida sodir 
etilgan
deb qaralishi lozim. Va agar shaxs o‘z taxmini xato ekanligini ish 
holatlariga ko‘ra anglab yetishi lozim va mumkin bo‘lsa-da, anglab 
yetmagan bo‘lsa, 
ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat
sifatida malakalanadi. 
Umuman olganda, oxirgi zaruratda xavfning xayoliy bo‘lishining sodir 
etilgan qilmish malakalanishiga ta’sir etishi zaruriy mudofaadagi kabi 
ta’siriga o‘xshash bo‘ladi. 
(«Xayoliy mudofaa» tushunchasi haqida mazkur bobning «Zaruriy 
mudofaa» deb nomlanuvchi 3-§ da batafsil tushuntirilgan.) 
Tahdid solayotgan xavfni bartaraf etishga qaratilgan qilmishning 
qonuniyligi
uning nazariya va amaliyotda ishlab chiqilgan hamda 
JK 38-
moddasi 1-qismida
mustahkamlangan ma’lum mezonlarga muvofiq 
bo‘lishini talab etadi. Ushbu mezonlar qilmishni uning ijtimoiy foydali 
maqsadi, aynan shunday qilmishni amalga oshirish majburiyligi (xavfni 
boshqa vositalar bilan bartaraf etish mumkin emasligi), uning uchinchi 
shaxslar huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilganligi, 
yetkazilgan zarar hamda oldi olingan zararning muvofiq bo‘lishi jihatidan 
ta’riflaydi. Bundan tashqari, bunday qilmishga alohida o‘ziga xos talab 
sifatida qonun oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmaslikni ajratib 
ko‘rsatadi. Faqat qilmishning barcha belgilangan shartlarga muvofiq 
kelishi uni oxirgi zarurat holatida sodir etilgan, ya’ni jinoiy bo‘lmagan va 
jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan deb tan olishga imkon beradi. 
Oxirgi zaruratda qilmish qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga 
zarar yetkazish xavfini bartaraf etishga qaratiladi, ya’ni u ijtimoiy foydali 
406 


bo‘lib, 
ijtimoiy foydali
manfaatga erishish maqsadiga xizmat qiladi. 
Bunda jinoiy qonun huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya 
qilishga qaratilgan barcha qilmishlarni emas, balki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan huquqlar va manfaatlarga tahdid soluvchi xavfni bartaraf 
etishga qaratilgan qilmishlarni ijtimoiy foydali deb tan oladi. Boshqa 
manfaatlarni himoya qilish ijtimoiy foydali deb tan olinmaydi va shuning 
uchun oxirgi zarurat deb qaralishi mumkin emas.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin