Teng zarar, shuningdek, kattaroq zarar yetkazilishi muvofiqlik
shartining buzilishi bo‘ladi. Ayni paytda ushbu shart subyektning mumkin
bo‘lganlaridan eng kam zarar yetkazish majburiyatini bildirmaydi.
Shuning uchun, agar xavfni bartaraf etish uchun
shaxsning bartaraf
etiladigan xavfga qaraganda kamroq zarar yetkazadigan bir necha usullari
mavjud bo‘lsa, u holda shaxs ulardan istalgan usulni qo‘llashga haqli
bo‘ladi va uning harakatlari oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb
qaralishi lozim. Bunda sodir etilgan qilmishni malakalashga ushbu
usullardan birortasi boshqalariga qaraganda
kamroq zararga olib kelishi
ta’sir etmaydi. Bu holda faqat yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan
kamroqligi ahamiyatli bo‘ladi.
Yetkazilgan va oldi olingan zararning muvofiqligi zarar yetkazilgan
va yetkazilmagan ne’matlar va manfaatlarning muvofiqligini bildiradi.
Ushbu zarar turlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini qiyoslashda asos
qilib olish mumkin bo‘lgan usul mavjud emas. Qaysi ne’mat qimmatli
ekanligi, qaysi zarar kamroq bo‘lishi masalasi
har bir muayyan holda
ishning aniq holatlariga bog‘liq holda hal etiladi. Bunda zarar yetkazilishi
oldi olingan buzilgan ne’matning muhimligi, tahdid solgan xavf turi, xavf
bartaraf etilmagan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va
hokazolar hisobga olinadi.
Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning sifat-
miqdor muvofiqligi
tamoyiliga tayanishi kerak, jumladan:
–
Dostları ilə paylaş: