Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

ijtimoiy foydali maqsadi
bo‘ladi: kattaroq zarar 
yetkazishni kamroq zarar yetkazish orqali bartaraf etish. Oxirgi zarurat 
qonuniyligining umumiy sharti bo‘lgan holda ushbu shart oxirgi zarurat 
411 


chegarasidan chetga chiqishda sodir etilgan qilmish sifatida baholashda 
alohida ahamiyat kasb etadi.
JK da oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir etilgan 
maxsus jinoyat tarkiblari yo‘qligini qayd etish lozim. Shuning uchun 
bunday qilmishlarni tegishli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat 
uchun javobgarlikni ko‘zda tutgan moddalar bo‘yicha malakalab, u oxirgi 
zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir etilganligini ko‘rsatish kerak, 
bu esa qonun tomonidan yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinadi 
(JK 55-moddasi 1-qismi «e» bandi). 
Oxirgi zarurat huquqi har bir insonga uning yoshi, layoqati, ijtimoiy 
maqomi va boshqa omillaridan qat’i nazar tegishli bo‘ladi – qonunda bu 
jihatdan biror-bir cheklash mavjud emas. Har kim ushbu subyekt 
huquqidan ushbu ne’matlarni o‘z kuchi bilan himoya qilish uchun 
foydalanishi mumkin, lekin uni amalga oshirmasligi ham mumkin. Ayni 
paytda ba’zi shaxslar uchun xavfni bartaraf qilish kasbiy va xizmat burchi 
bo‘ladi, masalan, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, yong‘in 
xavfsizligi xizmati xodimlari va hokazo. Bu shaxslarga ularning xizmat 
yoki kasbiy vazifalarini bajarganida oxirgi zarurat qoidalari taalluqli 
bo‘lmaydi, ya’ni ular oxirgi zarurat tufayli, ya’ni bu holda ularning 
huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazilishi mumkinligi tufayli xavfni 
bartaraf qilishdan bosh torta olmaydi, lekin xavfni bartaraf qilishda ichki 
ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati 
xodimlari va boshqalar uchinchi shaxslar huquqlari va manfaatlariga zarar 
yetkazish kerak bo‘lgan vaziyatga duch kelishi mumkin (masalan, yong‘in 
ichagini tortib o‘tkazish uchun avtomashina oynasini sindirish), bu holda 
ularning harakatlari qaralayotgan moddaning qoidalariga muvofiq 
baholanishi lozim. 
Ayni paytda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish subyektlari 
deb, tegishli jinoyat uchun jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan va bunday 
jinoyat subyektining barcha kerakli alomatlariga ega bo‘lgan layoqatli 
jismoniy shaxslar tan olinishi mumkin. 
Sud-tergov amaliyotida, ko‘pincha, u yoki bu qilmishni zaruriy 
mudofaa holatida sodir etilgan deb malakalashda ma’lum qiyinchiliklar 
412 


kelib chiqadi. Ayni paytda to‘g‘ri malakalash yetkazilgan zararning 
chegarasini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, jinoiy javobgarlikka 
tortilayotgan shaxsning huquqiy maqomiga bevosita ta’sir etadi. Bundan 
tashqari, sodir etilgan qilmishning to‘g‘ri malakalanishi JK vazifalariga 
erishish, huquqni muhofaza qilish organlarining obro‘si va mavqei 
ortishiga xizmat qiladi. 
Shu sababli tergov va sud organlari zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat 
farqlariga e’tibor berishi lozim: 
– zaruriy mudofaada shaxs qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari va 
manfaatlarini huquqqa qarshi tajovuzdan himoya qiladi. Oxirgi zaruratda 
esa, shaxsning harakatlari faqat huquqqa qarshi tajovuzgina emas, xavf 
yuzaga kelishining vaziyati, turli manbalari bilan belgilab beriladi 
(masalan, tabiat kuchlari, fiziologik va patologik jarayonlar, mexanizmlar 
nosozligi va hokazo); 
– oxirgi zarurat holatida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlar va 
manfaatlarga zarar yetkazish tahdid solgan xavfni bartaraf etishning 
yagona, oxirgi vositasi bo‘ladi. Zaruriy mudofaada himoya vositalari 
mudofaalanuvchi tomonidan tanlanadi va tajovuzning xarakteri va xavfi 
darajasiga mos kelishi kerak, bu zarar yetkazishni istisno etmaydi. Zaruriy 
mudofaada himoya qilish tajovuzdan qochish mumkin bo‘lganda ham 
qonuniy bo‘ladi; 
– zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi turlicha. 
Jumladan, zaruriy mudofaada zarar faqat (haqiqiy yoki xayoliy) 
tajovuzchiga yetkaziladi, oxirgi zaruratda esa faqat uchinchi shaxslar 
manfaatlariga, ya’ni xavfni bartaraf etuvchi shaxs tomonidan shu xavfga 
daxlsiz deb idrok etilganlarning manfaatlariga yetkaziladi; 
– zaruriy mudofaa holatida zararning muvofiqligi yetkazilgan zarar 
oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishini talab etmaydi – u kamroq, teng 
yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Oxirgi zaruratda zarar yetkazilgan holda u, 
albatta, oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi kerak; 
– zaruriy mudofaada himoya qilish faqat faol harakatda ifodalanadi, 
oxirgi zaruratda xavfni bartaraf etish ham harakat, ham harakatsizlik orqali 
amalga oshirilishi mumkin. 
413 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin