boshqacha hal etish jinoiy javobgarlik chegarasini asossiz toraytirib, JK
vazifalari hal etilishiga yordam bermaydi. Agar zaruriy mudofaa
chegarasidan chetga chiqishda mudofaalanuvchi
jinoiy oqibatlar yuzaga
kelishi mumkinligini anglab yetgan va ularning yuzaga kelishini istagan
yoki ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, uning harakatlari tegishlicha
qasddan sodir etilgan mustaqil jinoyat deb malakalanishi lozim. Bunda
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish alomatiga ko‘ra malakalash
talab etilmaydi, lekin bu holat sud tomonidan, albatta, yengillashtiruvchi
holat sifatida hisobga olinishi lozim.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga
chiqishda subyekt tomonning
majburiy elementi mudofaalanuvchi o‘z oldiga qo‘ygan o‘ziga xos
maqsad
, ya’ni huquq bilan himoyalanadigan manfaatga tajovuzdan
himoya qilish, bunday tajovuzga javob berish bo‘ladi. Bu maqsadning
yo‘qligi mudofaalanuvchining harakatlarini zaruriy mudofaa chegarasidan
chetga chiqish bilan sodir etilgan deb malakalashga imkon bermaydi.
Agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning oqibatida
tajovuzchining o‘limi yuz bersa yoki unga og‘ir tan jarohati yetkazilsa, u
holda mudofaalanuvchi mos holda JK 100- va 107-moddalari bo‘yicha
jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. JK ning ushbu moddalari bo‘yicha
zaruriy mudofaa chegarasidan
chetga chiqishda malakalash, shuningdek, u
yoki bu jinoyatning malakalovchi alomatlari mavjud bo‘lganda ham
o‘tkazilishi lozimligini unutmaslik lozim. Jumladan, «zaruriy mudofaa
chegarasidan chiqib odam o‘ldirish Jinoyat kodeksi 97 - moddasi
2-qismining «a, b, d, j, r, s» bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda sodir etilgan
hollarda ham Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan tavsiflanishi lozim»
1
va JK 107-moddasi bo‘yicha ham shunday malakalanish o‘tkazilishi kerak.
Tergov va sud organlari, shuningdek, «zaruriy mudofaa chegarasidan
chiqib, sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish, qasddan og‘ir yoki o‘rtacha
og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarini kuchli hayajonlanish holatida yuz
bergan odam o‘ldirish, og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari yetkazish
jinoyatlaridan farq qila bilishlari kerak. Bu yerda
shuni nazarda tutish
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 9-банд. – 79-б.
400
kerakki, kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida sodir etilgan jinoyatlarda
jabrlanuvchiga zarar yetkazish himoyalanish maqsadida bo‘lmaydi,
demak, zaruriy mudofaa holatida ham yuz bermaydi. Bundan tashqari,
jabrlanuvchining xatti-harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan ruhiy
hayajonlanish jinoyatlari (Jinoyat kodeksining 98-, 106-moddalari) xuddi
shunday hayajonlanish ta’siri
ostida vujudga keladi, zaruriy mudofaa
chegarasidan chiqib sodir etilgan jinoyatlar uchun esa bunday belgi
bo‘lishi shart emas.
Agar himoyalanuvchi to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish
oqibatida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqsa, ayblanuvchining harakati
Jinoyat kodeksining 100- yoki 107-moddalari bilan tavsiflanishi kerak»
1
.
Shaxsning harakatlarida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish
malakalanganda huquqni muhofaza qilish organlari faqat umumiy
ifodalash bilan cheklanmasligi lozim. Zaruriy mudofaa chegarasidan
chetga chiqish mavjudligi to‘g‘risidagi xulosa ishning muayyan holatlariga
asoslanishi lozim, bunda «himoyaning hujum xarakteri va xavflilik
darajasiga butunlay nomuvofiq ekanligini anglatuvchi»
2
xulosa, albatta,
ko‘rsatilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: