faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga putur yetkazadi. O‘zbekiston
Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
binoan jazo jinoyat
sodir etgan shaxsdan o‘ch olish maqsadida emas, balki kodeksning
insonparvarlik g‘oyalariga tayanib, uni tarbiyalash va jamiyatga
qaytarishni ko‘zda tutadi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash unga
jismoniy
azob berish yoki qadr-qimmatini kamsitishni nazarda tutmasdan uning
qayta tarbiyalanishi va yangi jinoyat sodir etmasligi
uchun zarur va yetarli
ta’sir choralari insonparvarlik prinsipining mohiyatini belgilaydi.
Zarurlik va yetarlilik – bu jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi
tayinlashning muhim ikki belgisi hisoblanib, biri eng kam miqdorni,
boshqasi eng ko‘p miqdorni ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: