kabi real, ijtimoiy hayotda asoslangan va amaliy ijrosi mavjud bo‘lishi
kerak. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash instituti
ushbu
tavsifga mos keladi. Jinoyat huquqidagi insonparvarlik prinsipi jinoyat
sodir etgan shaxs bilan munosabatga kirishilganda o‘z
mohiyatini
namoyon etishi jahon amaliyotida tan olingan.
JKning 7-moddasi
tarkibiy tuzilishi mazmuni insonparvarlik
prinsipini jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan izchil mustahkamlashga
bo‘ysundirilgan bo‘lib, jamiyat va davlatning ushbu shaxsga nisbatan jazo
va boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashida namoyon bo‘ladi.
Moddaning bunday konstruksiyasi huquqni qo‘llash faoliyatidagi birlikni
ta’minlash va jinoyat huquqi sohasida qonun
ijodkorligining istiqbolini
belgilashda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: