Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JKning 5-moddasiga
muvofiq, «Jinoyat sodir 
etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar». 
Qonun oldida tenglik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy 
maqomi asoslarini mustahkamlaydi, ular shaxs, jamiyat va davlat oldida 
bir xil huquq va majburiyatlarga ega va qonun tomonidan ularga bir-biriga 
nisbatan biron-bir imtiyozga ega emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, 
JK 5-
moddasidagi
bir xil huquq va majburiyatlar – bu jinoyat sodir qilgan har 
bir shaxs uchun bir xilda bo‘lgan huquqiy maqomdan darak beruvchi 
tavsifdir. Bu shaxslarning birortasi ham boshqalariga nisbatan imtiyozlarga 
ega bo‘lmaydi, boshqacha aytganda, jinoyat sodir etishda aybdor deb 
topilgan shaxslarning huquq va erkinliklari qonun oldida bir xil bo‘lib, 
jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar, kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Jinoyat qonuni oldidagi tenglik to‘g‘risidagi qoida huquq va 
majburiyatlarning tengligi to‘g‘risidagi qoidaning hosilasi hisoblanadi. 
Qonun oldida tenglik jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquq va 
majburiyatlari JK bilan tartibga solinishini va bunda hech kim 
imtiyozlardan foydalanmasligini hamda hech kimning huquq va 
erkinliklari cheklanmasligini anglatadi. 
Jinoyat kodeksida mustahkamlangan qonun oldida tenglik prinsipi 
faqat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni, jinoyat-
huquqiy jihatdan tenglik prinsipi cheklangan xususiyatga ega va jinoyat 
sodir qilgan muayyan shaxslar doirasida amalda bo‘ladi. 
Qonun oldida tenglik prinsipi umumiy jinoiy va xususiy jinoiy 
ko‘rinishlarga ega. 
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 8 б. 
33 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin