Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Qilmishning jazoga sazovorligi



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Qilmishning jazoga sazovorligi
ham qonuniylik prinsipi uchun uning 
jinoiyligini belgilashdan kam bo‘lmagan ravishda ahamiyatga ega. Ammo 
qilmishning jinoiyligi shaxs harakat yoki harakatsizligining xususiyati 
bo‘lsa, qilmishning jazoga sazovorligi uni sodir etganlikning oqibati 
bo‘lib, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni JKda belgilangan muayyan 
huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashda ifodalanadi.
JKga muvofiq jazoga sazovorlik jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan 
qattiqroq ta’sir choralarini – jinoiy jazo choralarini qo‘llashni nazarda 
tutadi. Ushbu choralar shaxsning huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda 
cheklaydi, shuning uchun ularni qo‘llash faqat jinoyat qonuni bilan 
tartibga solinishi lozim. Qonuniylik prinsipining jinoyat qonunida 
namoyon bo‘lishi aynan shunda ifodalanadi. Bunda qilmishning jazoga 
sazovorligi, jinoiy jazo choralari jinoyat qonunida umuman (jazo tizimi 
sifatida) va xususan aniq jinoyat uchun nazarda tutilgan bo‘lishini 
anglatadi. Ushbu belgilardan birortasining mavjud emasligi qo‘llanilgan 
jazoni qonuniy deb topishni istisno qiladi. 
Boshqa huquqiy oqibatlar
kelib chiqishi jinoyat sodir etilishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, ammo jinoiy jazolar sirasiga kirmaydi. Jumladan, jinoiy 
javobgarlik va jazodan ozod qilishning barcha ko‘rinishi, tibbiy yo‘sindagi 
majburlov choralarini qo‘llash, sudlanganlik va hokazolar boshqa huquqiy 
1
Қаранг: Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пакт, 11-м. 
27 


oqibatlar jumlasiga kiradi. Qonuniylik prinsipiga ko‘ra, barcha huquqiy 
oqibatlar faqat jinoyat qonuniga asoslanmog‘i kerak. Shuning uchun 
jinoyat qonuni qamrab olinmagan jinoiy qilmishning huquqiy oqibatlari 
qonunga asoslangan deb tan olinmaydi (masalan, sudlanganligi olib 
tashlangan shaxsni ishga qabul qilishdan bosh tortish noqonuniy 
hisoblanadi). 
Qonuniylik prinsipi jinoyat qonunini qo‘llash jarayonida uning 
mazmunini qonun matniga to‘la mos ravishda tushunilishini nazarda 
tutadi. Huquqni muhofaza qilish organlari Jinoyat kodeksi normalarini o‘z 
xohishlariga ko‘ra talqin qilmasdan, birinchi navbatda, qonun mazmuniga 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlariga 
asoslanishlari lozim. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, plenum qarorlari 
amaldagi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirita olmaydi. 
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan qonunchilik tashabbusi huquqiga 
ega bo‘lgan organlar tomonidan taklif kiritilganidan keyin qonun 
chiqaruvchi organ tomonidan tegishli tartibda hal qilinadi. 
Qonun to‘liq qo‘llanilishi lozim. Jinoyat qonunini qisman, to‘liq 
bo‘lmagan holda qo‘llash, ya’ni uning ma’lum bir qismini – faqat 
dispozitsiya yoki faqat sanksiyasini qo‘llash qonuniylik prinsipini qo‘pol 
buzish hisoblanadi. Qonuniylik prinsipi buzilishi oqibatida aybdor shaxs 
jazosiz qolishi (jinoiy javobgarlik asoslari bo‘la turib, shaxs qonunga xilof 
ravishda jazodan ozod qilib yuborilganda) yoki aybsiz shaxs jinoiy 
javobgarlikka tortilib ketishi mumkin (asossiz ravishda qilmishni jinoyat 
deb kvalifikatsiya qilish oqibatida shaxsning sudlanishi). Qonuniylik 
nafaqat jinoyat-huquqiy normani uni tashkil etuvchi barcha qismlari 
hajmida qo‘llashni, balki qilmishni muayyan normaga muvofiq, unda 
nazarda tutilgan jinoyatning barcha belgilari bo‘lgandagina kvalifikatsiya 
qilinishini nazarda tutadi. 
Qonuniylik prinsipining mazmuni qonunga asoslangan holda sud 
hukmi bilan shaxsni aybdor deb topishda va jazo tayinlashda namoyon 
bo‘ladi. Ushbu qoida Konstitutsiyaning 26-moddasida1 o‘rnatilgan 
aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, ayni paytda u jinoyat 
28 


huquqidagi qonuniylik prinsipining tarkibiy elementi sifatida quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
– shaxsning muayyan qilmishining jinoyat ekanligi faqat sud hukmi 
bilan aniqlanadi; 
– sodir etilgan muayyan jinoyat uchun jazo ham faqat sudning hukmi 
bilan tayinlanadi; 
– shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va sud hukmini 
chiqarish tartibi faqat qonunda belgilanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin