oqibatlar jumlasiga kiradi. Qonuniylik prinsipiga ko‘ra, barcha huquqiy
oqibatlar faqat jinoyat qonuniga asoslanmog‘i kerak. Shuning
uchun
jinoyat qonuni qamrab olinmagan jinoiy qilmishning huquqiy oqibatlari
qonunga asoslangan deb tan olinmaydi (masalan, sudlanganligi olib
tashlangan shaxsni ishga qabul qilishdan bosh tortish noqonuniy
hisoblanadi).
Qonuniylik prinsipi jinoyat qonunini qo‘llash jarayonida uning
mazmunini qonun matniga to‘la mos ravishda
tushunilishini nazarda
tutadi. Huquqni muhofaza qilish organlari Jinoyat kodeksi normalarini o‘z
xohishlariga ko‘ra talqin qilmasdan, birinchi navbatda, qonun mazmuniga
hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlariga
asoslanishlari lozim. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, plenum qarorlari
amaldagi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirita olmaydi.
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan qonunchilik tashabbusi
huquqiga
ega bo‘lgan organlar tomonidan taklif kiritilganidan keyin qonun
chiqaruvchi organ tomonidan tegishli tartibda hal qilinadi.
Qonun to‘liq qo‘llanilishi lozim. Jinoyat qonunini qisman, to‘liq
bo‘lmagan holda qo‘llash, ya’ni uning ma’lum bir qismini – faqat
dispozitsiya yoki faqat sanksiyasini qo‘llash qonuniylik prinsipini qo‘pol
buzish hisoblanadi. Qonuniylik prinsipi buzilishi oqibatida aybdor shaxs
jazosiz qolishi (jinoiy javobgarlik asoslari bo‘la turib, shaxs qonunga xilof
ravishda jazodan ozod qilib yuborilganda) yoki
aybsiz shaxs jinoiy
javobgarlikka tortilib ketishi mumkin (asossiz ravishda qilmishni jinoyat
deb kvalifikatsiya qilish oqibatida shaxsning sudlanishi). Qonuniylik
nafaqat jinoyat-huquqiy normani uni tashkil etuvchi barcha qismlari
hajmida qo‘llashni, balki qilmishni muayyan normaga muvofiq, unda
nazarda tutilgan jinoyatning barcha belgilari bo‘lgandagina kvalifikatsiya
qilinishini nazarda tutadi.
Qonuniylik prinsipining mazmuni qonunga asoslangan
holda sud
hukmi bilan shaxsni aybdor deb topishda va jazo tayinlashda namoyon
bo‘ladi. Ushbu qoida Konstitutsiyaning 26-moddasida1 o‘rnatilgan
aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, ayni paytda u jinoyat
28
huquqidagi qonuniylik prinsipining tarkibiy elementi
sifatida quyidagi
xususiyatlarga ega:
– shaxsning muayyan qilmishining jinoyat ekanligi faqat sud hukmi
bilan aniqlanadi;
– sodir etilgan muayyan jinoyat uchun jazo ham faqat sudning hukmi
bilan tayinlanadi;
– shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va sud hukmini
chiqarish tartibi faqat qonunda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: