JKning 5-moddasiga muvofiq, «Jinoyat sodir
etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar».
Qonun oldida tenglik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy
maqomi asoslarini mustahkamlaydi, ular shaxs, jamiyat va davlat oldida
bir xil huquq va majburiyatlarga ega va qonun tomonidan ularga bir-biriga
nisbatan biron-bir imtiyozga ega emas. Shuni aytib o‘tish kerakki,
JK 5- moddasidagi bir xil huquq va majburiyatlar – bu jinoyat sodir qilgan har
bir shaxs uchun bir xilda bo‘lgan huquqiy maqomdan darak beruvchi
tavsifdir. Bu shaxslarning birortasi ham boshqalariga nisbatan imtiyozlarga
ega bo‘lmaydi, boshqacha aytganda, jinoyat sodir etishda aybdor deb
topilgan shaxslarning huquq va erkinliklari qonun oldida bir xil bo‘lib,
jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy
mavqeidan qat’i nazar, kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat qonuni oldidagi tenglik to‘g‘risidagi qoida huquq va
majburiyatlarning tengligi to‘g‘risidagi qoidaning hosilasi hisoblanadi.
Qonun oldida tenglik jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquq va
majburiyatlari JK bilan tartibga solinishini va bunda hech kim
imtiyozlardan foydalanmasligini hamda hech kimning huquq va
erkinliklari cheklanmasligini anglatadi.
Jinoyat kodeksida mustahkamlangan qonun oldida tenglik prinsipi
faqat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni, jinoyat-
huquqiy jihatdan tenglik prinsipi cheklangan xususiyatga ega va jinoyat
sodir qilgan muayyan shaxslar doirasida amalda bo‘ladi.
Qonun oldida tenglik prinsipi umumiy jinoiy va xususiy jinoiy
ko‘rinishlarga ega.
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) –
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 8 б.
33