Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Jinoyat huquqi uchun umumiy ko‘rinish



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Jinoyat huquqi uchun umumiy ko‘rinish
sifatida ushbu prinsip 
jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy maqomining fundamental 
asoslarini Kodeksda mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinish 
sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik va jazoning muqarrarligi, 
og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligi bilan 
ifodalanadi. Shunday qilib, tenglik prinsipining umumjinoiy ko‘rinishi 
jinoyat tarkibiga aloqador bo‘lmagan asosiy huquq va majburiyatlarning 
qonun oldida tengligini o‘zida namoyon etadi. 
Jinoyat huquqi uchun xususiy ko‘rinish
tenglik prinsipida bir xil 
jinoyat sodir etgan shaxslar bir-biridan ustun qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Tenglik prinsipining ushbu ko‘rinishi sodir etilgan jinoyat tarkibidagi bir 
xillik hamda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy maqomidagi tenglikda 
namoyon bo‘ladi. Xususan, bezorilikda ayblangan bir necha shaxsni bir-
biridan farqli qarash bekor bo‘lmaydi, biroq ayni paytda odam o‘ldirish 
jinoyatini sodir etgan shaxs bilan o‘g‘irlik sodir etgan shaxsning huquqiy 
holati yoki boshqa holatidagi farq, masalan, ularning voyaga yetgan-
yetmaganligi, tayinlanadigan jazo, jazoni o‘tash va boshqa holatlarida 
bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksida, faqat maxsus subyektlar (mansabdor shaxslar, 
harbiylar) javobgarligi bilan cheklanadigan moddalarning mavjudligi 
sharhlanayotgan moddaga zid kelmaydi. Ushbu subyektlarga nisbatan 
javobgarlik ularning majburiyat va vakolatlaridan kelib chiqib sodir 
etadigan qilmishlari uchun nazarda tutiladi. Ayni paytda, bunday 
tarkibdagi jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquqiy maqomi doirasida 
ham tenglik prinsipi qat’iy amalda bo‘ladi. 
Tenglik prinsipiga zid kelmagan holda ayrim fuqarolar (deputatlar, 
sudyalar va boshq.) jinoiy javobgarlikka tortilmay yoki jazodan ozod 
qilinmay sodir etgan jinoyati uchun alohida tartibda javobgarlikka 
tortiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 
alohida qoidalarning mavjudligi, ularning alohida turdagi davlat xizmatini 
bajarishini hisobga olganda, to‘la asoslidir. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan shaxslar aholining normal va mustaqil hayot kechirishini 
34 


ta’minlash yo‘lida o‘z funksiyalarini amalga oshiradi, lekin ularning 
huquqiy maqomini belgilashda imtiyoz va ustunliklar nazarda tutilmaydi. 
Sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi (JKning
16-moddasi) – jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib, u har qanday shaxslar uchun bir 
xil amal qilib, tenglik prinsipiga rioya qiladi. Qilmishda jinoyat tarkibidagi 
barcha elementlarning mavjudligi jinoyat sodir qilgan shaxsda maxsus 
huquqiy maqomning vujudga kelishiga asos hisoblanadi. Boshqa hech 
qanday shaxsiy xususiyatlar bu maqomga ta’sir qilmaydi.
Jinoiy javobgarlikka tortishda jinoyat tarkibi yagona asos sifatida 
qaralishi fuqarolarning qonun oldida tengligida namoyon bo‘ladi va qonun 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga jinoyatning barcha belgilarini 
aniq ko‘rsatib, keyin uni JKning tegishli moddasiga asosan isbotlash 
majburiyatini qo‘yadi.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin