shu yo‘l bilan o‘tkazilayotgan islohotlar davlatning jinoyat-huquqiy
siyosatini amalga oshirishning samaradorligini ta’minlaydi.
Demokratizm prinsipi jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan holda
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladigan shaxslarni
tarbiyalashda
jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va jamoalar ishtirokining ko‘pgina jihatlarini belgilab bergan
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘zining ifodasini topgan. Qonun
asosiy e’tiborni ozodlikdan mahrum etish muassasasidan ozod qilingan
shaxslar axloqini tuzatish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga
yetmaganlarni tarbiyalashga jamoatchilik vakillarini jalb qilishga qaratadi.
Dostları ilə paylaş: