– bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi;
– sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi, basharti aybli bo‘lsa,
uning aybi qanday shaklda;
–
sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va
og‘irlashtiradigan holatlar mavjudmi;
– sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi;
– sudlanuvchiga nisbatan qanday jazo tayinlanishi lozim va shu jazoni
o‘tashi kerakmi;
– sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta
xavfli retsidivist deb topish lozimmi;
– ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni
qanday tartibli
koloniyada o‘tashi lozim va u jazo muddatining bir qismini turmada
o‘tashi kerakmi;
– fuqaroviy da’voni qanoatlantirish kerakmi, bu da’vo kimning
foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek,
fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy
zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar solidar yoki
hissali javobgarlikka
tortilishlari kerakmi;
– fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima
qilish kerak;
– ashyoviy dalillarni nima qilish kerak;
– protsessual chiqimlarni kimning zimmasiga va qancha miqdorda
yuklash kerak;
– sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini
qoldirish, o‘zgartirish yoki
bekor qilish kerakmi;
– sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi.
Sud hukmi – bu sud hokimiyatining O‘zbekiston Respublikasi
nomidan chiqaradigan yagona hujjati bo‘lib, u shaxs tomonidan sodir
etilgan qilmishga nisbatan huquqiy baho beradi.
Shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va hukm chiqarish
tartibi faqat qonunda belgilanishi kerak bo‘lib, u qonuniylik prinsipining
ajralmas qismidir. Agar shaxsning harakat yoki harakatsizligidan iborat
30
qilmishlarning jinoiyligi va jazoga sazovorligining umumiy qoidalari
qonun tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda muayyan holatlarga nisbatan
ushbu qoidalarni qo‘llash tartibi ham qonunda belgilangan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida shaxsni jinoyat sodir etishda
aybdor deb
topish va unga nisbatan hukm chiqarish tartibini belgilovchi qonun
Jinoyat-protsessual kodeksidir.
Qonuniylik prinsipining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmish aybsizlik
prezumpsiyasiga ko‘ra, aybdorligi isbotlangan jinoyatchiga nisbatan
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquq va erkinliklarni cheklash choralari
hali jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchi, hattoki, qamoqda
saqlanayotganda ham mahkumning huquqiy maqomidan farq qiluvchi
huquqiy maqomga ega bo‘ladi, xususan, u saylovlarda qatnashish
huquqiga ega, ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, u sha’ni va qadr-
qimmatini himoya qilish va boshqa huquqlaridan foydalanadi.
Ayblanuvchining konstitutsiyaviy huquqlarini
barcha cheklashlar faqat
zarur hollardagina qonun asosida qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsning huquq va
majburiyatlari faqat qonun bilan tartibga solinib, bu jinoyat huquqidagi
qonuniylik prinsipining yakunlovchi bosqichidir.
Shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uning huquqiy
maqomining o‘zgarishiga olib keladigan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xususan, aybdor deb topilgan shaxsning ba’zi bir huquqlari
cheklanishi bilan birga unga ayrim qo‘shimcha majburiyatlar ham
yuklatiladi. Huquqiy holatdagi bu o‘zgarishlar mahkumga
jazo tayinlashda
yoki ayblanuvchiga boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda (tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralari, shartli hukm qilish va boshqalar) namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, ayblanuvchining huquqiy maqomini cheklovchi u yoki bu
choralar faqat qonunga (JK, JPK) asoslanadi, boshqa qonunosti aktlar
inobatga olinmaydi.
Ushbu talablar
Dostları ilə paylaş: