Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

gipotezani
1
, jinoyatning obyektiv va subyekt ta’rifini aks ettiradigan va 
shu munosabat bilan javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslarning 
belgilarini, aybning shakllarini, tamom bo‘lmagan jinoyat tarkibini va 
boshqalarni belgilaydigan 
dispozitsiyani 
hamda JK Umumiy qismining 
ayrim qoidalariga asoslangan holda jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini 
nazarda tutgan 
sanksiyani 
qamrab oladi. 
3-§. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi 
JKning 11-moddasi
O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyat 
qonunchiligining qo‘llanish hududiy doirasini belgilaydi. Unda bayon 
etilgan qoidalar 
hududiy tamoyilni
ifoda etadi, ya’ni qaysi davlat 
hududida jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning jinoyat kodeksi 
qo‘llanishi tamoyili ko‘rsatiladi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston hududida 
jinoyat sodir etgan barcha shaxslar, ular qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan 
qat’i nazar yoki fuqaroligi bo‘lmasligiga qaramay, faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
Hududiylik tamoyili davlat hokimiyatining suverenlik tamoyiliga 
asoslangan bo‘lib, uning huquq sohasida umuman va jinoyat sohasida 
qisman ifoda topishidir. Davlat suvereniteti va qonunning hududiylik 
tamoyili o‘zaro uzviy bog‘langandir: davlat hokimiyati uning hududiy 
masofalari bilan chegaralangan va uning qonunlari ham shu chegaralari 
doirasida amal qiladi. 
JK 11-moddasi 1-qismi
hududiylik tamoyilining umumiy qoidasini 
ifoda etadi: «O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs mazkur 
Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi». 
«Hudud»
deyilganda, makonning shunday qismi, ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasi suverenitetiga qarashli quyidagi joylar tushuniladi: 
a) quruqlik hududi; 
1
Қаранг: Ўша жойда. – 97 б.; Наумов А.В. Российское уголовное право. Общая часть. – М.: 1996 г. – 97 б. 
62 


b) suv hududi, shu jumladan, ichki suvlar; 
v) havo hududi; 
g) yerosti
1

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68–70-moddalariga 
muvofiq, mazkur Kodeksning amal qilish hududiga respublikaning barcha 
hududi, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi ham kiradi
2


Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin