Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 11-moddasi 4-qismida
belgilab qo‘yilgan: javobgarlikka tortish haqidagi masala xalqaro huquq 
normalariga muvofiq amal qilinadi, ya’ni umuman javobgarlikdan ozod 
etilmaydi. 
Diplomatik immunitetlar haqidagi Vena konvensiyasiga muvofiq, 
akkreditatsiya qilgan davlat vakolatxona boshlig‘i va uning oila a’zolari 
yoki vakolatxona shaxsiy tarkibining boshqa a’zosini persone non grata 
deb e’lon qilish mumkin, bunda bu qarorni qabul qilgan davlat o‘z 
harakatlarini izohlab berishga majbur emas. 
Bunday hollarda akkreditatsiya qiluvchi davlat bu shaxsni chaqirib 
olishi yoki vakolatxonada uning faoliyatini to‘xtatishi lozim. Agar 
akkreditatsiya qiluvchi davlat uni chaqirib olishdan bosh tortsa yoki 
faoliyatini ma’lum muddatga to‘xtatmasa, vakolatxona turgan davlat 
bunday shaxsni vakolatxona xodimi sifatida tan olmaslik huquqiga ega
2

Aslida sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikdan ozod etilmaydi, 
faqat uni shu mamlakat sudida ko‘rish imkoniyati olib tashlanadi. Bu 
qoida Jinoyat kodeksi 10-moddasida zikr etilgan javobgarlikning 
muqarrarligi prinsipiga mos. 
1
Хорижий давлатларнинг Ўзбекистон Республикасидаги дипломатик ваколатхоналар ва консуллик 
муассасалари тў0рисидаги Низом (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2001 йил 8 майдаги 207-сон 
қарорига 1-илова), 6.1-банд, 6.2-банд. 
2
Қаранг: Дипломатия муносабатлари тўғрисидаги Вена конвенцияси, 9-модда. 
76 


JK 12-moddasi
Jinoyat kodeksining amal qilish hududiy 
chegaralarini belgilaydi. 11-moddadan farqli o‘laroq, bu o‘rinda 
fuqarolik 
prinsipi
asos qilib olinadi. Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining hududiylik prinsipini to‘ldirishga qaratilgan.
Fuqarolik prinsipiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
hamda fuqarolikka ega bo‘lmagan, lekin respublika hududida doimiy 
yashayotganlar, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga amal qilishlari shart. Shuning uchun, bu 
shaxslar ma’lum shart-sharoitlarga mos kelgan hollarda O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, javobgarlikka tortiladilar, garchi 
ular jinoiy harakatni boshqa davlat hududida sodir etgan bo‘lsalar ham. 
Shunday qilib, fuqarolik prinsipi Kodeks vazifalarini bajarishga yordam 
beradi, xususan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin