Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


-§. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

4-§. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi 
JK 13-moddasi
Jinoyat kodeksini qo‘llashda vaqt bo‘yicha amal 
qilish tartibini o‘rnatishga bag‘ishlangan bo‘lib, jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishda qaysi qonun asosida ish olib borish yoki qaysi qonunni yetakchi 
qilib olish kerakligini nazarda tutadi. Bunda mamlakatimiz jinoyat qonuni 
qoidalariga xos bo‘lgan izchillik, tartib bilan ish ko‘rish va nihoyat Jinoyat 
kodeksining vaqt bo‘yicha ta’sir chegaralari o‘z ifodasini topdi. Ko‘rsatib 
o‘tilgan qoidalar shundan kelib chiqadiki, jinoyat qonunini to‘g‘ri qo‘llash 
quyidagi shart-sharoitlar yig‘indisiga albatta, mos kelishi kerak: 
– qonun ta’sir qilish davrini aniq belgilash zarurligi; 
– jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash zarurligi. 
Yangi qonun kuchga kirmasdan turib jinoyat tugagan hollarda eski 
qonunni qo‘llash kerak. Agar jinoyat yangi qonun amal qilish vaqtida sodir 
etilgan bo‘lsa, jinoyat davomlimi, bir martalimi, qancha davom etishidan 
qat’i nazar, yangi qonunni qo‘llash bilan ish olib boriladi. 
JK 13-moddasi 1-qismiga
ko‘ra, «qilmishning jinoiyligi va jazoga 
sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun 
bilan belgilanadi» va shu orqali qonun amal qilishining vaqt chegarasi 
formulasini mustahkamlaydi. Qonunni qo‘llashning yagona sharti, jinoyat 
sodir etilgan vaqtda ushbu qonun amalda bo‘lishi, ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalari va O‘zbekiston 
Respublikasining 2012 yil 24 dekabrdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar 
85 


to‘g‘risida»gi 342-sonli Qonuni (yangi taxrirdagi)
1
hamda jinoyat sodir 
etilgan vaqtda O‘zbekiston hududida bu qonunlarning albatta, ijro etilishi 
shart bo‘lgan holatlar nazarda tutiladi. 
JK 13-moddasi mazmuni eng muhim va barqaror ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilingan va 
bir qancha muhim va qat’iy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
hujjatlarnigina
2
emas, balki jinoyatchilik va jazolash ishlarini aniqlashga 
ta’sir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ham to‘laligicha qamrab oladi. 
Xususan, buzilishi jinoyat deb topiladigan xulq-atvor qoidalarini 
o‘rnatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar ham qonun hisoblanadi, masalan, 
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining Intizom nizomi va boshqalar. Boshqacha qilib aytganda, 
qonun shunday bir normativ-huquqiy hujjatki, u albatta, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisida yoki referendumda qabul qilingan, qonun 
sifatida tan olingan, shuningdek, mohiyati adolat va insonparvarlik 
tamoyillariga muvofiq keluvchi hujjatdir.
Haqiqatan ham, ko‘pchilik hollarda sodir etilgan qilmishlarning 
xavflilik darajasi va shu bilan birga jinoiy jazoning og‘irligi, uni keltirib 
chiqargan oqibatlar ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarning buzilishi natijasidami 
yoki yo‘qmi (masalan, Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi), bu 
qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab aniqlanadi.
Shunday qilib, qonun tushunchasi Kodeksning vaqt bo‘yicha ta’sir 
qilish nuqtai nazaridan quyidagi aktlar guruhini o‘z ichiga oladi: 
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 
– O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari; 
1
Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 342-
сонли Қонуни. (янги тахрирдаги )» //" Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатлари тўплами", 2012 й., 52-
сон, 583-б 
2
Ўзбекистон Республикасининг 200 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 342-
сонли Қонуни 
86 


– mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Bu normativ-huquqiy hujjatlarning barchasi, ular O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qilmishlarning jinoiyligi 
va jazoga sazovorligiga ta’sir ko‘rsatgan holdagina jinoyat qonuni sirasiga 
kiradi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, sanab o‘tilgan aktlar guruhi jinoyatni va 
bu qilmishning jazolanishi kerakligini aniqlamaydi – bu O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining faqatgina o‘ziga xos alohida huquqidir, 
biroq bu aktlar u yoki bu harakatni jinoyat deb tan olishga yoki jinoyatdagi 
harakatsizlik va jamiyat uchun xavflilik darajasini aniqlashga ta’sir etadi. 
Masalan, Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish 
Tartibiga muvofiq «yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el 
banklarida ochilgan hisobvaraqlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki ruxsatisiz mablag‘larning hisoblab yozilishi ularni yashirish deb 
hisoblanadi»
1
, lekin uning jamiyatga xavfliligi va chet el valyutasini 
yashirishning jazolanishi esa, faqat Jinoyat kodeksi bilan aniqlanadi. 
JK 275-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun giyohvandlik 
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, 
saqlash, hisobga olish, o‘tkazish, jo‘natish yoki tashish tartibini 
o‘rnatuvchi qoidalari amaldami, yangisi bilan almashtirilganmi, degan 
masalaga aniqlik kiritish kerak, ya’ni ushbu munosabatlarni tartibga 
soladigan normativ akt mavjudligini aniqlash kerak.
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga doir qoidalarni qo‘llashda 
ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston 
Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuniga 
muvofiqligi talab etiladi. Masalan, Konstitutsiyaning 16-moddasi 1-
qismiga binoan, qonun Asosiy Qonunning prinsiplari va moddalariga zid 
bo‘lmaslik va ularni buzmaslik talablariga javob berishi lozim
2
. Bunda, 
1
Қаранг: Чет элда ҳисобварақлар олиш учун рухсатномалар бериш Тартиби (Ўзбекистон Республикаси 
Адлия вазирлиги томонидан 1999 йил 22 январда 610-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган, Ўзбекистон 
Республикаси Марказий Банки бошқаруви томонидан 1998 йил 28 мартда 390-сон билан тасдиқланган), 4.5-
банд // Ўзбекистон Республикаси вазирликлари, давлат қўмиталари ва идораларининг меъёрий ҳужжатлари 
ахборотномаси, 1999 й., 1-сон; 2003 й., 5-6-сон; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2007й., 
21-
сон, 254-модда; 2008 й., 35-36-сон , 355-модда. 
2
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий 
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган 
87 


qonunni qabul qiluvchi organ kompetentligi, qabul qilinayotgan qonun 
statusiga mos kelishi muhim talab hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni faqatgina, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 
Prezident farmoni esa, faqat O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul 
qilinadi. 
Agar normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatilgan talablarga mos kelmasa, 
u huquq manbasi sifatida tan olinmaydi va o‘z-o‘zidan jinoyatni baholash 
ishlarida unga asoslanish mumkin emas. Agar sud ishni ko‘rishda to‘g‘ri 
qaror qabul qilishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan birorta normativ 
hujjatning Konstitutsiyaga mos kelmayotganligini aniqlasa, ishni to‘xtatish 
to‘g‘risida ajrim chiqaradi va barcha materiallarni Oliy sud yoki Oliy 
xo‘jalik sudlari raislariga yuboradi, ular «O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, 
masalani Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga 
ega. 
Qonun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tamoyil va 
qonunlariga mos kelishi bilan bir vaqtda o‘z mazmuni, shakli, rekviziti 
bilan 
O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida»gi Qonuni tamoyillariga javob berishi kerak. Xususan, ushbu 
Qonunda uning mazmunidagi muayyan talablar, normativ-huquqiy 
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, 
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон 
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган 
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан 
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган 
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 
88 


hujjatlar rekviziti, rasmiy mavzusining tasdiqlanganligi va boshqalar 
ko‘zda tutiladi. Shu bilan bir qatorda, ushbu Qonun normativ qoidalar 
shaklini mustahkamlash tartibini ko‘rsatadi: qonun va qarorlarni – Oliy 
Majlis; Prezident farmonini – Prezident; qarorlarni – Vazirlar Mahkamasi; 
buyruq va qarorlarni – vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar; qarorlarni 
– mahalliy davlat hokimiyati organlari qabul qiladi. Huquqiy normalarni 
mustahkamlashning boshqa shakli mazkur talablarga rioya etmaslik 
sifatida e’tirof etilishi, shunga o‘xshash hujjatlarning o‘zi esa normativ-
huquqiy deb tan olinmasligi lozim. Shu asnoda xatlar, maktublar, 
ko‘rsatmalar normativ-huquqiy hujjat deb tan olinmaydi va bu haqda 
S.Murotxo‘jayev murojaati natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudining qarorida ko‘rsatilgan edi
1

Qonunni tatbiq etishning zarur elementi uning O‘zbekiston hududida 
qo‘llanilishi shartligi hisoblanadi. Nazarda tutish kerakki, 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin