Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Qonun amal qilishining tugatilishi
qonunning ushbu vaqtdan boshlab 
qo‘llanilishi mumkin emasligini nazarda tutadi. 
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga 
muvofiq normativ-huquqiy hujjat faqat belgilangan hollardagina o‘z 
kuchini yo‘qotishi mumkin: 
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat 
tugaganda yoki hodisa boshlanganda; 
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda 
konstitutsiyaviy emas deb topilganda; 
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
topilganda; 
– normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor 
qilinganda. 
Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash muddati o‘tganligi yoki biror 
hodisa sababli uning ta’sirini bekor qilish – uning muddati o‘tganligi yoki 
biror voqelik munosabati bilan shu vaqtdan boshlab haqiqiy emasligini 
bildiradi. Muddatini aniqlash uchun biror-bir o‘zgarishning sodir bo‘lishi 
(masalan, taqvim bo‘yicha hammaga ma’lum bo‘lgan davriy voqealar) 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayni bir paytda, ayrim hollardagina qiyinchilik 
yuzaga kelishi mumkin, masalan, harbiy holatning tugashi, tabiiy ofatlar 
sodir bo‘lganda va hokazo. Bunday holatlarda sud va tergov organlari 
nufuzli davlat organlarining shunga o‘xshash normativ-huquqiy 
hujjatlarini ko‘rsatilgan muddatdan boshlab to‘xtatish haqidagi maxsus 
ko‘rsatmalarini talab qilishlari kerak. 
Normativ-huquqiy hujjatni konstitutsiyaviy emas, deb topish uning 
amalda bo‘lishini tugatishning alohida asosi bo‘lib, maxsus tartib bilan 
tavsiflanadi va mohiyatan qoidadan istisno hisoblanadi. Normativ-huquqiy 
hujjatlarning konstitutsiyaviy emasligini hal etish faqatgina O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan qonunda ko‘rsatilgan 
93 


shaxslar arizasiga asosan qo‘llaniladi
1
. Bunda normativ hujjatlarning 
Konstitutsiyaga mosligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi sud 
qarori shaklida qabul qilinadi. 
Masalani ko‘rib chiqish vaqtida qonun chiqaruvchi yoki qonun 
ostidagi akt Konstitutsiyaviy sud qarorining nashr qilingan vaqti 
ko‘rsatilgan holda konstitutsiyaviy emas deb tan olinadi, chunki aynan shu 
vaqtdan boshlab, sud qarori kuchga kiradi va shunga muvofiq ravishda, 
qonun chiqaruvchi akt (uning qismlari) konstitutsiyaviy yoki 
nokonstitutsiyaviy deb tan olinadi. Shu bilan birga, normativ hujjatlarning 
konstitutsiyaviy emasligini tan olish boshqa usullar bilan uning ta’sirini 
to‘xtatishdan shu bilan farq qiladiki, hujjat Konstitutsiyaviy sud qarori 
chiqarilgan vaqtdan emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, qabul 
qilingan kundan boshlab konstitutsiyaviy emas deb topiladi. Bu shuni 
bildiradiki, normativ-huquqiy hujjat qaror chiqquncha va qaror chiqqandan 
keyingi holatlarda qo‘llashga loyiq emasligini ko‘rsatadi. Chunki, sud va 
tergov organlarining barcha dastlabki yechimlari qonunchilik asosida 
so‘zsiz qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatning 
yaroqsizligi shuni ham bildiradiki, 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin