Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


JK 13- moddasi 1-qismida



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 13-
moddasi 1-qismida
ko‘rsatilgan. Mazkur norma qoidalariga muvofiq
jinoyat sodir etish vaqti
jinoyat tarkibi turiga qarab aniqlanadi: 
– 
moddiy tarkibli jinoyatlarda
jinoyat sodir etish vaqti ijtimoiy 
xavfli oqibat yuzaga kelgan vaqt hisoblanadi (masalan, o‘lim kelib 
chiqishi); 
– 
formal tarkibli jinoyatlarda 
jinoyat sodir etish vaqti kelib 
chiqadigan oqibatdan qat’i nazar qilmish sodir etilgan vaqt bilan 
belgilanadi (jumladan, qalbaki pul tayyorlash). 
Shu taxlitda, jinoyat sodir etish vaqti qilmishning obyektiv mezonidan 
kelib chiqib, xususan, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari, ya’ni JK 16-
moddasida ta’kidlanganidek, jinoyat tarkibi mavjudligidan kelib chiqib 
aniqlanadi. Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishini aniqlash uchun jinoyat 
sodir etishning butun jarayoni (boshidan oxirigacha) emas, balki faqatgina 
jinoyatning tugagan vaqti, ya’ni qonun bo‘yicha jinoiy deb hisoblangan 
barcha xatti-harakatlar yakunlanganligi ahamiyatga ega. 
1
Қаранг.: Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар 
тўғрисида»ги 342-сонли Қонуни. (янги тахрирдаги )» //" Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатлари 
тўплами", 2012 й., 52-сон, 36-б 
95 


Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlashda tergov va sud organlari asosiy 
diqqat-e’tiborni uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni, ikkita 
harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni, takroran sodir etilgan jinoyatlarni, 
shuningdek, ishtirokchilikdagi jinoyatlarni tergov qilishga qaratishlari 
kerak. 
Sodir etilgan jinoyatlar vaqti, odatda, 
JK 13-moddasi 1-qismi 
asosida 
aniqlanib, unga muvofiq, qilmish jinoyat tarkibining barcha belgilariga ega 
bo‘lgan payt jinoyat tamom bo‘lgan vaqt deb hisoblanadi. Bundan kelib 
chiqib, jinoyatni sodir etish vaqti Jinoyat kodeksining Maxsus qismidagi 
jinoyat tarkibi tuzilishiga bog‘liq, jumladan, davomli jinoyatlarni 
kvalifikatsiya qilish uni tashkil qiluvchi oxirgi qilmish sodir etilganda 
amalda bo‘lgan qonunga asoslanishi kerak. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin