Sud sharhi jinoyat ishini ko‘rib chiqishda turli instansiya sudlari
tomonidan amalga oshiriladi. Sud sharhi ikkiga bo‘linadi : kazual va
normativ.
Kazual sud sharhi – muayyan jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomida
yuzaga kelgan va faqat o‘sha ish uchun majburiy bo‘lgan sharh. Qonuniy
kuchga kirgan sud hukmi ushbu hukm bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun
majburiy hisoblanadi. Ba’zi hollarda sharhlashning bu turi sud pretsedenti
xususiyatiga ega bo‘ladi. Advokatura, prokuratura va sud faoliyatini
axborot bilan ta’minlash uchun alohida jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori
instansiya sudlarining qarorlarini o‘z ichiga olgan Oliy sud axborotnomasi
chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida o‘z ifodasini
topgan sharhlash
normativ sharhlashdir . Oliy sud Plenumi sud
amaliyotini o‘rganadi, sud statistikasini umumlashtiradi va jinoyat ishlarini
ko‘rishda sudlarga tushuntirishlar beradi. Bu tushuntirishlar sudlar,
mansabdor shaxslar va boshqa organlar uchun ishlarni ko‘rib chiqishda
orientir vazifasini bajarishi kerak. Bu holatda shuni ta’kidlash kerakki,
Plenum qarorlari Jinoyat huquqining manbasi bo‘lib hisoblanmaydi.
Plenum qarorlariga Jinoyat huquqining manbasi sifatida yondashish
Konstitutsiyaning 112-moddasi 1-qismida ifodalangan «sudyalar
mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar» degan qoidaga va
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi Jinoyat kodeksidan
iboratdir deb ifodalangan JK 1-moddasiga ziddir. Biroq o‘z navbatida,
Oliy sud Plenumi tomonidan qabul qilingan hujjatlar Konstitutsiyaning
110-moddasi 2-qismiga ko‘ra qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining
barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oliy sud Plenumining rahbariy
qarorlari tavsiya qiluvchi xarakterga ega va o‘rganilgan sud amaliyotidan
kelib chiqib qonunni to‘g‘ri va aniq qo‘llashga imkon beradi.
Ba’zida, yuridik adabiyotlarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
yoki advokatlar tomonidan amalga oshiriladigan