Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


qonunning orqaga qaytish kuchi



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

qonunning orqaga qaytish kuchi 
shartlarini aniqlashda 
ham o‘z ifodasini topadi. Qonunning teskari kuchi sharti shundan iboratki, 
bunda vaqt bo‘yicha jinoyat qonunlarini umumiy qoidalardan chiqarib 
tashlash va jinoyat qonunlarini u kuchga kirgunga qadar barcha 
qilmishlarga teng taqsimlashdan iborat. Qonunning orqaga qaytish kuchi 
haqidagi talab umumiy holda 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 15-moddasida shakllantirilgan 
bo‘lib, hamma tan olgan xalqaro huquq me’yorlaridan biri hisoblanadi. 
98 


Adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan vatanimiz jinoyat 
qonunchiligining qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi holatlari 
JK 
13-moddasining 2- va 3-qismlarida
mustahkamlangan bo‘lib, ularga 
muvofiq qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni 
yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda 
yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun 
kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu 
jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar 
ular hali sudlangan hisoblansalar tatbiq etiladi. 
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki 
shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga 
qaytish kuchiga ega emas. 
Shuni nazarda tutish kerakki, qonunga aks ta’sir tushunchasini berish 
nuqtai nazaridan qaraganda, qonun tushunchasi normativ-huquqiy 
hujjatlardan farq qiladi, ya’ni qonun tushunchasi 
JK 13-moddasi 1-
qismida 
berilgan. Qonunning aks ta’sir kuchi vaziyatida qonun huquqiy 
me’yorlar mustahkamlanadigan shakl emas, balki me’yoriy-huquqiy aktlar 
mazmunidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bunday holatlarda qonunni 
jinoyat-huquqiy normalarining o‘zi deb e’tirof etiladi va bu normativ-
huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan va mustahkamlangan. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi 2001 yil 29 avgustdagi «Jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, 
Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 1, 
2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 mart kunidagi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin