O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI ARXIVSHUNOSLIK YO`NALISHI 4-KURS SIRTQI TALABASI HASANOVA DILAFRUZNING MAXSUS TARIXIY FANLAR ASOSLARI FANIDAN BAJARGAN TAQDIMOT ISHI Qabul qildi: Nazarov A. TOSHKENT - 2023 POELOGRAFIK
TADQIQOT TAHLILI
Paleografik tadqiqotlar bugungi kunda nafaqat qadimiy yozma manbalar doirasini balki, ma`lum amaliy maqsadlarda so`nggi davrlar, hatto hozirgi zamon yozuv materiallarini tekshirishgacha amal qilmoqda. Paleografiya fani XVIII asr boshlarida Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar boshlanishi bilan Rossiya hududida ham keng yoyiladi.
Baʼzi tadqiqotchilar qad. qoʻlyozmalarni oʻqiy olish malakasiga ega boʻlish, qoʻlyozmani ekspertiza qilish va uning haqik,iy yoki soxtaligini aniqlash, yozma manbalarning izoxli toʻplamlarini nashr etish kabi ishlarni ham Paleografiyaning vazifasi deb hisoblaydilar. Holbuki, bunday ishlar matnshunoslik, manbashunoslik, diplomatika kabi soxalar doirasida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda yozma yodgorliklarning aksariyati arab yozuvida boʻlganligi sababli arab Paleografiyasi bir kadar rivojlangan. Bu sohadagi tadqiqotlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, qisman tegishli muzeylarda amalga oshirilmoqda.
Paleografiya fani orqali har bir tadqiqotchi tarixiy haqiqatni yanada aniqroq va to`laroq ko`rishga qodir bo`ladilar. Insoniyat tarixida turli xil yozuvlar mavjud bo`lgan. Ularning har biri o`zgacha bo`lib, bu yozuvlar orqali o`sha xalqlarning tarixini yanada yaxshiroq o`rganishga imkon beradi. Darhaqiqat, paleografiyada buyumlar sirtiga yozilgan yozuvning shakli, grafikasi, ishlatilingan- siyoh turi, yozuv quroli kabilarni o`rganishham muhim hisoblanadi. Olib boriladigan paleografik tadqiqotlar nafaqat qadimgi yozuvlarning deshifrovkasini yaratish va o`rganishdan tashqari, hozirgi kunda ham mavjud bo`lgan yozuv-larni tadqiq qiladi. Paleografiya fani fan sifatida XVIII asr boshlarida shakllangan bo`lsada, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Demak, qadim-gi zamonlarda ham yozuvlar tarixini o`rganish va tadqiq etish muhim hisoblangan.