Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Tadqiqotning amaliy ahamiyati



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: 
Tadqiqot natijalaridan, ayniqsa, yig‘ilgan 
faktik misollardan eski o‘zbek tili sintaksisi darslarida material sifatida 
foydalanish mumkin. 
Tadqiqotning manbalari. 
Ishning asosiy tadqiqot manbalarini Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosiruddun Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”, 
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, va “Layli va Majnun” kabi 
asarlaridagi misollar tahlili asosida yuritildi. 


5
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. 
BMI mavzusi Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek 
tilshunosligi kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya qilingan.
BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi. 
Mazkur tadqiqot 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 
kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlar rejasi asosida amalga oshirilgan.
Ishning tuzilishi
. Mazkur BMI kirish, 3 bob, umumiy xulosalar va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


6
 
I BOB 
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA QO‘SHMA GAPLARNING O‘RGANILISHI 
1.1.
 
Ergash gapli qo‘shma gaplar, ularning tasnifi masalasi.
Qo‘shma gap til sintaktik sathining oliy birligidir. Sodda gap ham sintaktik 
sath birligi hisoblansa-da, u qo‘shma gapga qaraganda anchayin ixcham birlikdir. 
Qo‘shma gap sodda gapda neng avvalo mazmun sig’imining kattaligi, mazmuniy-
sintaktik tuzilishining o‘ziga xosligi, murakkabligi bilan farqlanadi. Albatta, har 
ikki gap turi - sodda gap ham, qo‘shma gap ham muayyan hukm ifodachisi sifatida 
mavjud bo‘lsa-da, tilning kishilar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishday eng muhim 
vazifasi bevosita gaplarda namoyon bo‘lsa-da, sodda va qo‘shma gaplar tuzilishi 
va mazmuniy tarkibi hamda bu tarkibni yuzaga keltiruvchi uzvlar munosabati 
ularning har birida mutlaqo o‘ziga xosdir. Mantiq fani nuqtai nazaridan olib 
qaraladigan bo‘lsa, sodda gaplarda asosan sodda hukm, qo‘shma gaplarda esa 
murakkab hukm ifodalanadi.
1
C
Hozirgacha mavjud lingvistik adabiyotlarda qo‘shma gaplar grammatik 
shakli va komponentlarining munosabatiga qarab bog’lovchisiz, bog’langan ergash 
gapli qo‘shma gaplarga bo‘lib o‘rganilayotganini kuzatamiz. Ammo mazkur 
ishimizning mavzusi keng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar bilan 
bevosita bog’liq bo‘lgani uchun quyida, asosan, qo‘shma gapning bog’lovchili va 
bog’lovchisiz turlari xususida mulohaza yuritamiz.
O‘zbek tilidagi ergash gaplarning tasnifi umuman boshqa tillardagi ergash 
gaplarning tasnifiga yaqin turadi. Bu tasodifiy emas, albatta. Chunki turkiy 
tillardagi, shuningdek, boshqa tillardagi ergash gap nazariyasi sodda gap nazariyasi 
bilan uzviy bog‘langan. Ergash gaplarni sodda gaplardagi muayyan bo‘laklarni 
nisbatlash tilshunoslarda juda uzoq an’anaga ega .
Ayrim tilshunosliklarda, masalan, ispan tilshunosligida ergash gaplarning 
vazifasini so‘z turkumlarining sodda gaplardagi vazifasi bilan tenglashtirishdan 
1
Нурмонов
А
., 
Маҳмудов
Н
., 
Аҳмедов
А
., 
Солихўжаева
С

Ўзбек
тилининг
мазмуний
синтаксиси
. –
Т
.,
Фан

1992. 


7
iborat qarash ham bor. Lekin bu qarashlar ham avvalgi qarashdan mohiyatan 
unchalik farq qilmaydi.
Rus tilshunosligida bunday qarashlarning shakllanishiga batafsil to‘xtab 
o‘tilmasdan, V.A.Beloshapkovaning umumlashtirishlariga murojaat qilib qo‘ya 
qolgan ma’qul. U yozadi: “Rus sintaksis ilmida turli davrlarda ergash gapli 
qo‘shma gaplarni tasniflashning uch prinsipi ilgari surilgan edi. Ergash gapli 
qo‘shma gaplarni yaxlitligicha sodda gaplarga, ergash gaplarni esa sodda gap 
bo‘laklariga o‘xshatishga asoslangan tasnif juda keng tarqaldi. Bu prinsipga 
asoslangan tasnif qolipi o‘zining mohiyat e’tibori bilan XIX asrning o‘rtalarida 
shakllandi. Uning yaratilishida F.I.Buslayevning xizmatlari benihoyat kattadir. Bu 
tasnifning asosiy prinsipiga muvofiq ergash gaplar orasida ega, kesim, to‘ldiruvchi, 
aniqlovchi va hol ergash gaplar farqlanadi, hol ergash gaplarning turlari sifatida 
o‘rin, ravish, daraja va miqdor, payt, sabab, maqsad, shart, to‘siqsizlik ergash 
gaplar ajratiladi.
Ergash gaplarning bosh gapni yaxlitligicha izohlashi yoki uning biror bir 
bo‘lagi bilan aloqador bo‘lishi haqidagi qarash turkiyshunoslikda ham keng 
tarqalgan. Masalan, M.A.Asqarova shunday ta’kidlaydi: “Ergash gap esa mazmun 
va strukturasiga ko‘ra bosh gapdan ko‘ra boshqacharoq tuzilib, bosh gapning 
bo‘lagini yoki bosh gapni yaxlitligicha izohlaydi”. Ozarbayjon tilidagi ergash gapli 
qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gap munosabatidagi ayni xususiyatni 
ta’kidlagan holda A.Z. Abdullayev va A.G.Javodovlar turkiy tillardagi, xususan, 
ozarbayjon tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarni ikki mazmuniy - sintaktik 
guruhga – bir mazmuniy va ikki mazmuniy yadroli gaplarga ajratishni tavsiya 
qiladilar. Bunda ular bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gapli 
qo‘shma gaplar ko‘proq bir mazmuniy yadroga va bosh gapni yaxlitligicha 
izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplar ko‘proq ikki mazmuniy yadroga ega 
bo‘lishini aytadi. Lekin, garchi mualliflar bunday tasniflashni barcha turkiy tillar 
uchun tavsiya qilayotgan bo‘lsa-da, uni o‘zbek tili uchun to‘lig‘icha tatbiq etib 
bo‘lmaydi. Chunki ular farqlayotgan bir mazmuniy yadroli va ikki mazmuniy 
yadroli qo‘shma gaplar tushunchalari bir denotativ voqeani ifodalagan. 


8
G‘.Abdurahmonov ergashgan qo‘shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda 
gaplar o‘zaro hokim-tobe munosabati orqali bog‘lanishi, ergash gap bosh gapga 
tobe bog‘lanib, bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlab kelishi, bosh va ergash gap 
grammatik hamda mazmunan jips bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etishi va 
umumiy bir fikrni ifodalashini qayd etadi. Ular o‘zaro fe’lning amaliy 
shakllarining qo‘llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh, 
ravishdosh va shart fe’li), yordamchi so‘zlar orqali munosabatga kirishishini 
ta’kidlaydi . 
2
Sintaktik o‘rin gapdagi predikatni ifodalagan so‘zning ma’nosi va, demak, 
valentligiga ko‘ra yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, bosh gapning kesimi 
vazifasidagi so‘zning ma’nosi va valentligi ergash gapning mohiyatini va 
qo‘llanishini ta’minlaydi. Predikatning valentligiga ko‘ra yuzaga keladigan 
sintaktik o‘rin, agar predikatning mazmuniy imkoniyati yo‘l qo‘ysagina, tobe 
predikativ birlik tomonidan egallanishi mumkin. Aks holda ergash gapli qo‘shma 
gap tarkib topmaydi. Shuning uchun ham ayrim tilshunoslar ergash gapli qo‘shma 
gap tarkibini tasvirlashda valentlik nazariyasidan foydalanadilar. Ergash gapli 
qo‘shma gaplarning mazmuniy sintaksisni o‘rganishda ham o‘rni bilan valentlik 
nazariyasiga murojaat qilish maqsadga muvofiq. 
Aytilgan mulohazalardan shu narsa kelib chiqadiki, ergash gapli qo‘shma 
gaplarni o‘rganishda baribir sodda gaplardagi bo‘laklarning vazifalaridan andoza 
olgan ma’qul. Chunki yaxlit pozitsion struktura (sintaktik o‘rinlar tizimi ) sifatida 
ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gaplardan deyarli farq qilmaydi. Ergash gapli 
qo‘shma gaplarda gapning grammatik “sinchi” (karkasi), asosini bevosita bosh gap 
tashkil qiladi. Ergash gap esa u yoki bu tarzda ana shu bosh gap tarkibiga muayyan 
bir bo‘lak sifatida kiradi. “Bosh gap tarkibidagi muayyan bo‘lakni izlaydigan 
ergash gaplar” deb ajratilganda ham shu narsa nazarda tutiladi. 
“Bosh gapni yaxlitligicha izohlaydigan ergash gaplar “ degan ibora aslida 
ham bosh gapdagi muayyan bir bo‘lak – hol vazifasida kelishga xoslangan. 
N.Mahmudov yozadi: “Ergash gaplarning bu tipini baholashda ko‘pincha ayrim 
2
(
Абдураҳмонов
Ғ
., 1996. 185.


9
tilshunoslar ularnib hol ergash gaplar deyishdan o‘zlarini tiyadilar. Shu munosabat 
bilan R.Sayfullayeva: “Hol ergash gapli qo‘shma gap bilan ikkinchi darajali 
bo‘laklardan biri bo‘lgan hol turlarining son jihatdan teng kelmasligidan 
cho‘chiymizmi?! Hol predikativ birlik emas, balki u gap bo‘lagidir. Hol ergash gap 
esa predikativ birlik bo‘lib, diskursning bir elementi. Demak, hol bilan hol ergash 
gapni bir planda o‘rganib bo‘lmaydi, ular semantik turlarining son jihatdan teng 
bo‘lishi shart emas”. Lekin R.Sayfullayeva bir an’anadan chiqib keta olmaydi” 
3

Aslida “butunicha izohlaydi”, “bosh gapga butunicha aloqador bo‘ladi” 
qabilidagi iboralarning o‘zi aniq emas. Qanday qilib ergash gap yaxlit bosh gapni 
izohlashi mumkin? Har qanday gap bo‘lagi (aniqlovchi bundan mustasno) 
funksional jihatdan faqat kesimga aloqador bo‘ladi. Keng ma’nodagi hol sintaktik 
o‘rnini egallagan predikativ birlik, ya’ni, demak, ergash gap ham yaxlit bosh gapga 
emas, balki uning bir konstruktiv bo‘lagi – kesimga aloqador bo‘ladi. Masalan: 
Bahor kelgach, o‘lkamizning hamma yerida gullar ochiladi gapidagi ergash gap 
(bahor kelgach) bosh gapning kesimi vazifasidagi ochilmoq fe’lining ma’nosi va 
valentligiga ko‘ra mavjud bo‘lgan va payt ifodasi bilan berilishi lozim bo‘lgan 
sintaktik o‘rinni berkitadi, ya’ni bosh gapdagi hol vazifasidagi predikativ bo‘lak 
sifatida bevosita kesimga bog‘lanadi. Hatto ergash gapning o‘rnini ham 
almashtirish mumkin: O‘lkamizning hamma yerida gullar bahor kelgach, ochiladi. 
Bunday tip ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash va bosh gaplar bir qadar bir-
biridan mustaqilday tuyuladi, bosh gapdagi biror bo‘lak bilan aloqalanadigan 
ergash gapli qo‘shma gaplarda ega bunday emas, ergash va bosh gaplar anchayin 
zichroq bog‘langan. Bu holat ham, ehtimol, oldingi tip gaplarda ergash gap yaxlit 
bosh gap bilan aloqalanadi, degan qarashlarga olib kelsa kerak. Ammo gapdagi 
sintaktik o‘rinlar orasida hol sintaktik o‘rni o‘zining nisbiy mustaqilligi bilan 
alohida ajralib turadi. Boshqacha aytganda, gapning hol bo‘lagi, shubhasiz, 
kesimga tobe bo‘lsa-da, kesim pozitsiyasidagi so‘zning kuchli sintagmatik 
valentligini mutaqo reallashtira olmaydi. Ta’kidlash lozimki, hol gapning asosiy 
mazmunini tashkil qiluvchi voqea bilan u yoki bu jihatdan bog‘langan voqeani
3
Маҳмудов
Н

ва
б

Ўзбек
тилининг
мазмуний
синтаксиси
. –
Тошкент

Ўқитувчи
. 1992. 241-
б
.


10
ifodalovchi gap bo‘lagi bo‘lib mazmun tomondan “gap ichida gap ifodalovchi” 
sifatida kelishdek o‘ziga xoslik bilan xarakterlanadi. Bu, tayinki, predikativ 
birliklarni bu sintaktik o‘rinni egallab, u sodda gapda bo‘lsa ham, ergash gapli 
qo‘shma gapda bo‘lsa ham nisbatan erkin deb qarash mantiqiydir. 
Ko‘rinadiki, ergash gaplarning har qanday turi ham u yoki bu tarzda bosh 
gapda muayyan bir gap bo‘lagi bilan aloqalanadi. Tabiiyki, bu aloqalanish usullari 
xilma xil. Lekin bundan boshqacha deb qarash, ya’ni ergash gap yaxlit bosh gap 
bilan aloqalanadi, deb qarash bosh gapdagi kesimning mazmuniy – sintaktik 
maqomini kamsitishga olib keladi. Shuning uchun ham N.A.Baskakov hozirgi turk 
tilidagi ergash gaplarni quyidagicha guruhlarga ajratadi: 
Bosh gapdagi substantiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu 
guruhga ega va to‘ldiruvchi ergash gaplarni kiritadi. 
Bosh gapdagi atributiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu 
guruhga ega va to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi. 
Bosh gapdagi atributiv – hol bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. 
Bu guruhga sabab-natija, shart, to‘siqsiz, maqsad, payt, o‘xshatish va 
chog‘ishtirish ergash gaplarni kiritadi. 
Ergashgan qo‘shma gaplarning guruhlanishi ergash gapning bosh gapdagi 
qaysi bo‘lakning izohlab kelishiga qarab belgilanadi. Shuni aytish kerakki, ergash 
gaplarning tasnifida tilshunoslar o‘rtasida umumiylik bor. O‘zbek tilshunosligida 
ergash gaplar mazmuniy – shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1) ega, 2) kesim, 3) 
to‘ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) ravish, 6) o‘lchov daraja, 7) chog‘ishtirish-
o‘xshatish, 8) sabab, 9) maqsad, 10) payt, 11) o‘rin, 12) shart, 13) to‘siqsiz, 14) 
natija ergash gaplar
4
. N.Mahmudov ham ergashgan qo‘shma gaplar semantikasini 
ayni shu tasnif asosida tahlil etadi
5
. G‘.Abdurahmonov esa ularni quyidagi turlarga 
ajratadi: 1) aniqlovchi, 2) to‘ldiruvchi, 3) ega, 4) kesim, 5) payt, 6) sabab, 7) shart, 
8) maqsad, 9) to‘siqsiz, 10) natija, 11) ravish, 12) qiyos, 13) umumlashtiruvchi - 
4
Ғуломов
А
., 
Асқарова
М

Ҳозирги
ўзбек
адабий
тили
. –
Тошкент

Ўқитувчи
. 1987. 187-
б
.
5
Маҳмудов
Н

ва
б

Ўзбек
тилининг
мазмуний
синтаксиси
. –
Тошкент

Фан
. 1992. 243-
б
.


11
izoh ergash gaplar
6
. Uning bu tasnifida yuqoridagi barcha qo‘shma gaplar aks 
etgan bo‘lsa-da, qiyos va umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz maydalashtirilib 
yuborilgan. Masalan, umumlashtiruvchi - izoh ergash gapli qo‘shma gaplar tabiati 
haqida to‘xtalar ekan, u shunday yozadi: «Ergash gaplarning shunday turlari borki, 
ular bosh gapga analitik-sintetik yo‘l bilan bog‘lanadi. Bu holda bosh va ergash 
gap o‘zaro nisbiy olmoshlar orqali birikib, ergash gapning kesimi shart mayli 
orqali ifodalanadi. Demak, bunday ergash gaplar bosh gapga asosan leksik 
vositalar va shart mayli orqali bog‘lanadi. Bu bog‘lanish ikki tomonlama bo‘lib, 
bog‘lovchi leksik vositalar ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qo‘llanadi»
Bunday qo‘shma gaplarga shunday misollar keltiradi: 

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin