Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

Tadqiqotning maqsad va vazifalari: 
Ushbu BMIdan ko‘zlangan asosiy maqsad klassik manbalardagi havola 
bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning shakliy va mazmuniy xususiyatlarini 
tadqiq etishdir. Shu asnoda tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 
- matnda ishtirok etgan havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarni ajratib 
olish;


4
- havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning shakliy xususiyatlarini 
ochib berish; 
- havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning 
soniga ko‘ra ularni guruhlash; 
- havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi gaplarning 
bog‘lanishini tadqiq etish; 
- havola bo‘lakli ergash gapli havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma 
gaplarning boshqa sintaktik birliklar bilan munosabatni aniqlash. 
Tadqiqot obyekti. 
O‘zida o‘zbek tili materiallarini aks ettirgan yozma 
manbalar, matni, gap qurilishlari. 
Tadqiqotning metodologik asosi
. Ishda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviyat, ma’rifat, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari, milliy til va madaniyatning rivojlanish 
tarixi, taraqqiy etish yo‘llari haqidagi qarashlari, o‘zbek tilshunos olimlari 
G‘.Abdurahmonov, M. Asqarova va A. G‘ulomovlar, shuningdek, N.Mahmudov, 
A.Nurmonovlarning gap sintaksisi haqida olib borgan ishlari, dialektikaning 
mazmun va shakl, butun va qism, analiz va sintez, mantiqiylik kabi kategoriyalari 
metodologik asos bo‘ldi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, uzviy va diaxron tahlil kabi 
metodlardan foydalanildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qo‘shma gaplar o‘zbek tili sintaktik 
sathining oliy birligi hisoblanadi. Shu sababli havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma 
gaplar yillar davomida o‘rganilyapti. Bizning BMIda havola bo‘lakli ergash gapli 
qo‘shma gaplarning sintaktik va semantik munosabatlari tadqiq qilindi.

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin