Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
норкулова мухайё пдф файл

 bu 
yerda 
birikmasi ayni gapda kesim sintaktik o‘rnida, 
edi 
to‘liqsiz fe’li o‘zi mustaqil 
kesim bo‘la olmaydi. Uning o‘rnida boshqa to‘liq fe’l bo‘lganda, u kesim bo‘la 
olardi va 
shu yerda
ning sintaktik maqomi hol bo‘lardi. Unda qo‘shma gapni o‘rin 


47
ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash to‘g’ri bo‘lardi. Lekin mazkur o‘rinda 
shunday emas. Shuning uchun bunday holatlarni kesim ergash gapli qo‘shma gap 
sifatida baholash maqsadga muvofiq. Aytish kerakki, kesim ergash gapli qo‘shma 
gaplarning birinchi turida bosh gap alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash 
gap ikkinchi turida esa ilgari aytilgan o‘zaro tobelanishga ko‘ra esa ma’noga ega, 
har ikki qism ham alohida ma’noga ega emas.
Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar. 

Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda


 nimani – 
shuni, kimni – o‘shani, uni 
tarzidagi havola bo‘laklar qo‘llanadi. Masalan:
"Ota nimani talab qilsa, shuni bajarib yurdi”
(Abdulla Qahhor). 
Gapida ikki denotativ voqea ifodalangan. Qo‘shma gapning mazmuni ana 
shu ikki denotativ voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda 
bosh gapda havola bo‘lak ifodalanmasligi mumkin: 
Nimadan og’iz ochilsa, to (shuni) bilmaguncha qo‘ymaydi
(Abdulla 
Qahhor).
Ba’zan to‘ldiruvchi ergash gapdagi havola bo‘lak ega, bosh gapdagi havola 
bo‘lak esa to‘ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Masalan:
Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor
(Maqol).
Nutqda ba’zan bunday ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gaplari 
tarkibidagi to‘ldiruvchi vazifasidagi havola bo‘lak shaklan ifodalanmasligi ham 
mumkin. Ammo bu mazmuniy munosabatlarning to‘liq ifodalanaverishiga 
to‘sqinlik qilmaydi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
Nimani bersangiz, shunga roziman 
(N. Qobul). 
Ularning dadalari nima deyishsa, o‘shani olib berishadi. 
(Said Ahmad). 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan misollarda havola bo‘laklar o‘rtasida moziylik bor, 
havola bo‘lakning har ikkalasi ham to‘ldiruvchi sintaktik o‘rnini egallagan. Xullas, 
ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda esa har ikki qism 
ham biri ikkinchisisiz mazmunga ega bo‘lolmaydi.

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin