Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turi keng 
tarqalmagan. Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap 
alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash gap esa ma’noga ega. Ikki havola 
bo‘lakli gapda esa har ikki qism ham alohida olinganda ma’noga ega bo‘lmaydi. 
Masalan,
Sen nima bo‘lsang biz ham shu 
(Shukur Xolmiorzayev). 
Mazkur gapda bosh gapning kesimi 
shu 
havola bo‘lagi bilan, ergash gapning 
kesimi esa 
nima bo‘lsang 
havola bo‘lagi bilan ifodalangan. Aslida bosh gapning 
kesimi ham shu bo‘lamiz shaklida bo‘lishi kerak, lekin bo‘lmoq har ikki o‘rinda 
ham 
(nima bo‘lsang – shu bo‘lamiz) 
yordamchi fe’l bo‘lgani uchun keyingi 
o‘rinda tushib qolgan. Ergash gapdagi nima (bo‘lsang) havola bo‘lagi bilan bosh 
gapdagi shu havola bo‘lagi bir-birini taqozo etadi, o‘zaro tobe aloqa yuzaga 
kelgan. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning tegishli turidagi kabi ikki noteng 
denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat ayni qo‘shma gapning mazmunini tashkil 
etadi. Bir umumlashgan denotativ voqea ikkinchi bir predikat jihatdan aniq 
bo‘lmagan denotativ voqeaning ichiga predikat sifatida kiradi. Shuni aytish 
kerakki, har ikki denotativ voqeaning predikati baribir aniq aytilmaydi, lekin 
tinglovchi uchun umumiy tarzda idrok etiladigan bo‘ladi. Masalan:
Kim ishlasa, yer o‘shaniki 
(Asqad Muxtor) 
Zebi aya qayerda bo‘lsa, o‘g’il va qizlar shu yerda edi 
(M. Ismoiliy) 
Bunday holatdagi qo‘shma gaplardagi muayyan sintaktik surilishning 
borligi ularni kesim ergash gapli qo‘shma gaplar sifatida talqin etish imkonini 
beradi. Masalan, oxirgi misoldagi 
qayerda – shu yerda 
qarshilantirishidagi havola 
bo‘laklar odatda o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarga tegishlilik, ammo shu

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin