44
Natija ergash gapli qo‘shma gaplardagi mazmuniy munosabat ham
subyektiv murakkablashishi mumkin. Bu natija ma’nosini ta’kidlash, ergash
gapdagi voqeani kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bir necha natijadan biri – eng
kichigi ekanligini ko‘rsatish ma’nosi kabilar hisobiga bo‘ladi. Birinchi ma’no
nozikligi
oqibatda, natijada kabi so‘zlar vositasida ifodalanadi:
Keyingi vaqtlarda
u shunday tadbirlar qo‘lladiki, oqibatda Malosh Zoltan bilan Zufar bir-birlarini
ko‘ra olmadi (O. Yusupov).
Yozuvchi ana shunday bir voqeani shunday
favqulodda mahorat bilan tasvirlaganki, natijada kitobxon insonning hayotga
muhabbati benihoya qudratli kuch ekanini his qiladi (Abdulla Qahhor). Keyingi
ma’no nozikligi
hatto so‘zi bilan ta’kidlanadi.
Kecha shu qadar jimjitki, hatto
keksa qayrag’ochda mudragan chumchuqning iniga sig’may tipirchilagani ham
eshitiladi (Said Ahmad).
Men uning og’zini shunday mahkamlab qo‘yamanki,
hatto ichidagi sirini soyasiga ham aytmaydigann bo‘ladi (O. Yusupov).
Voqealarning tabiati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, baribir ular denotativdir.
Shuning uchun ham natija ergash gapli qo‘shma gaplarda asosiy hollarda
mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: