Tirish ,
ayniqsa,
burish(iq)
oz qo’llaniladi.
Yuzingni qoplagan a j i n m a s, to’g’ri. Yillardan yillarga o’tgan
yo’llardir… (Shuhrat)
Qo’rqqanidanmi yo qattiq o’yga to’lganidanmi. (To’laning) yuzi
jiddiylashdi, …. peshonasida t i r i sh l a r
paydo bo’ldi ( M.Ismoiliy)
.
Kampir yelkasini uchirib yig’lar, ko’z yoshlari yuzining b u r i sh l a r i
ustidan simobdek yumalab tushib ketayotgan edi (A.Muhiddin).
(Shokir ota) eti suyakka yopishgan, chuvak yuzi va peshanasi chuqur
chiziqlar, b u r i sh i q l a r bilan quyuq qoplangan kamsoqol keksa edi
(Oybek).
AYLANISHMOQ,
ILAKISHMOQ,
OSILMOQ.
Biror
kimsaning ilinjida yurmoq.
Ilakishmoq, osilmoq
salbiy bo’yoqq ega.
Osilmoq
ko’proq oddiy so’zlashuvda uchraydi.
Uning (Sharofatning) nazarida bu taxminlardan haqiqatga yaqinrog’i
Sidiqjonning shu “juvon o’lgur” Kanizakka a y l a n i sh i b qolganligi edi
(A.Qahhor).
“Tish soldirish bahonasi bilan (Hakimjon) bir juvonga i l a k i sh i b
qoldi” , - dedi Zumrad (“O’zbekiston madaniyati”).
Zulayho, ochig’ini aytishim kerak. Menda ko’ngli bo’lsa, Davronni
“nari tur” desin. Keyin bu Ashur ham menga hadeb osilavermaydi (P.Qodirov).
ALAY-BALAY, U-BU, G’ING-PING, G’IRING-PIRING.
Biror gap-
so’z.
A l a y – b a l a y desam, tutib olib urish ham ta’bida bor
(H.Shams).
Shundoq bo’lgandan keyin , mayli, xursandchiligini qilsin. U – b u
deydigan odamning og’ziga urish kerak. Kim nima desa, men hamma vaqt og’ziga
uraman
(A.Qahhor).
Agar shu topda g’ i ng – p i ng desam, o’zim zarar ko’raman
(H.Hakimzoda).
G’ulom aka serxarxasha xotinining g’ i r i ng – p i r i ng i g a o’rganib
qolganidan uncha-munchasini tepasiga sig’dirmaydi (J.Abdullaxonov).
Pulsizga g’ i r i ng – p i r i ng, pullikka xiring-xiring (“Mushtum”).
ALJIMOQ,
ALJIRAMOQ,
VALDIRAMOQ,
SANNAMOQ.
Be’mani, bo’lmagan gap-so’z aytmoq, behuda, tuturuqsiz gap qilmoq.
Aljishda
,
odatda, be’mani, qo’pol, haqoratli so’zlar ishlatiladi.
Sannashda, valdirashda
bunday so’zlarning bo’lishi shart emas.
Bora-bora Qoracha Hojib a l j i b k e t d i, hazillari qo’pollashdi
(M.Osim).
Shunday bo’lsa ham, ko’pincha, o’ylamay gapiradigan Madamin,
ayniqsa, hozir har narsani a l j i r a sh i mumkin edi (P.Tursun).
Og’zim bor deb har narsani v a l d i r a y v e r a d i m i odam degan
(X.Seitov).
Shomag’diyevning qilig’i ma’lum: jahki chiqib bir s a n n a b k e t s a,
uning chakagini bosish asov tuyani cho’ktirishdek mashaqqat (A.Muhiddin).
Dostları ilə paylaş: |