ISHSH XIXX
Eshakni to’xtashga undovchi
eshakni yurishga undovchi
xitob xitob
Dangasa salqinga qochgay, ish desang. To’xtamoq odam eshakka, i sh sh desang.
Habibiy.
U ( Hasan ovchi) eshakni x i x deb tezlatdi.
Sh.Toshmatov, Erk qushi.
5.
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” Azim Hojiyev tomonidan
tuzilgan. Sinonimlar lug’ati hozirgi o’zbek tili uchun xarakterli bo’lgan,
sinonimik qatorlarni o’z ichiga olgan lug’atdir.
Har bir lug’at maqolasi quyidagilardan tashkil topadi:
1)
sinonimik qator;
2)
sinonimik qatordagi so’zlar uchun umumiy bo’lgan ma’noning izohi;
3)
sinonimik qatordagi har bir so’zga xos xususiyatning ta’rifi;
4)
sinonimik qator va har bir sinonimga berilgan ta’rifni tasdiqlovchi misol-
sitatalar.
Sinonimik qatordagi so’zlar ifodalaydigan tushuncha doirasi o’zaro
farqli
bo’lishi mumkin. Masalan,
yordamlashmoq, yordam qilmoq, ko’maklashmoq,
qarashmoq, boqishmoq
so’zlari “yordam ko’rsatmoq”, “ko’mak bermoq” ma’nosi
bilan bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Bu sinonimik qatordagi
yordamlashmoq
so’zi ifodalaydigan tushuncha doirasi keng. Bu so’z jismoniy harakat bilan yordam
ko’rsatish, moddiy yordam ko’rsatish, fikr-mulohaza bilan va boshqa tarzda
yordam ko’rsatish ma’nosini ifodalay oladi (
ko’tarishga yordamlashmoq,
imtihonga yordamlashmoq, tirikchilikka yordamlashmoq va b.
).
Ko’maklashmoq,
qarashmoq
so’zlari esa
asosan jismoniy harakat bilan, ba’zi hollardagina boshqa
yo’l bilan yordam ko’rsatishni ifodalash uchun qo’llanadi. Boqishmoq fe’li esa
faqat jismoniy yo’l bilan yordam ko’rsatishni ifodalash uchun qo’llanadi.
Lug’atda sinonimik qatordagi har bir so’zga qarata aytilgan fikr-mulohaza
shu so’zni qo’llashda amal qilinadigan qat’iy hukm deb emas, balki tavsiyalar deb
qaralishi lozim. Masalan,
avval, ilgari, oldin, burun, qadim
so’zlari “o’tgan
vaqtlar(da), hozirga vaqtga qadar” ma’nosini bildiradi.
Bulardan
ilgari
so’zi
avval, oldin
so’zlariga nisbatan uzoqroq o’tmishni bildiradi.
Burun
so’zi
ilgari
so’ziga nisbatan ham uzoqroq o’tmishi bildiradi. Lekin bu nisbatan yaqin o’tmishni
ifodalashda
avval,
undan uzoqroqni ifodalashda, albatta,
burun,
yana ham
uzog’ini ifodalashda, albatta,
qadim
so’zi qo’llanadi degan gap emas. Har qanday
uzoq o’tmishni ifodalashda
avval, ilgari
so’zlaridan foydalanish mumkin. Lekin
ilgari, burun, qadim
so’zlari ko’rsatib o’tilgan xususiyatga ega. Nutqda har bir
konkret holatni hisobga olgan holda ana shu so’zlardan muvofig’ini qo’llash
fikrning aniq ifodasi uchun ma’lum darajada yordam beradi.
Sinonimik qatorning chegarasini ( bir sinonimik qatorga kiruvchi so’zlar
miqdorini) belgilash uchun avvalo shu sinonimik qatordagi bosh so’zni aniq
belgilash kerak bo’ladi. Bosh so’z, avvalo, sinonimik qatordagi so’zlar
uchun
umumiy bo’lgan ma’noni aniq ifodalaydigan so’z bo’ladi. Masalan,
balo, usta,
ustamon, bilag’on, bilarmon,chechan, epchil, chaqqon, uddaburon
so’zlarining
hammasi “chaqqonlik va o’rinlatib bajarish mahoratiga ega” degan ma’noni
bildiradi. Shu ma’noni bu sinonimik qatordagi so’zlardan
balo
so’zi
juda aniq
ifodalaydi. Boshqalarining o’zaro sinonimligi ham xuddi shu
balo
so’ziga
qiyoslash orqali belgilanadi.
Bosh so’z, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo’yoq va
uslubga ko’ra neytralligi, ko’p qo’llanishi bilan xarakterlanadi. Masalan,
chiroyli,
go’zal, husndor, husnli, xushro’y, ko’hlik, ko’rkam, barno,zebo suluv,
latofatli,sohibjamol
sinonimik qatorida
chiroyli
so’zi xuddi shunday xususiyatga
ega bo’lgan so’zdir.
Sinonimik qatordagi so’zlar emotsional bo’yoqdorligiga ko’ra o’zaro
farqlanishi mumkin: emotsional bo’yoqli va emotsional bo’yoqsiz so’zlar.
Emotsional bo’yoqli so’zlar salbiy yoki ijobiy emotsiyani (munosabatni)
ifodalashiga ko’ra ikki turga: ijobiy emotsional bo’yoqli so’zlar va salbiy
emotsional bo’yoqli so’zlarga bo’linadi. Masalan,
yuz, bet, aft, bashara, turq,
chehra, jamol
sinonimik qatorida
yuz –
neytral,
bashara, turq –
salbiy emotsional
bo’yoqli,
chehra, jamol – ijobiy emotsional bo’yoqli so’zlar.
Sinonimik qatordagi so’z hozirgi adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan
bo’lishi mumkin. Masalan,
xursandchilik,sevinch, quvonch, shodlik, surur, farah,
bexbudlik
so’zlari eskirgan so’zlardir.
Foyda, naf, manfaat, hayon
qatorida
hayon
so’zi eskirgan so’z hisoblanadi.
Sinonimik qatordagi so’z hozirgi adabiy tilga yoki dialektlarga xos bo’lishi
mumkin. Masalan,
ovoz, tovush, sado, sas
sinonimik qatorida
sas
so’zi;
qidirmoq,
axtarmoq, izlamoq, istamoq
qatorida
istamoq
so’zi dialektal so’z hisoblanadi.
6.
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”
da keltirilgan sinimik
qatorlardan namunalar:
AJIN, TIRISH, BURISH(IQ). Yuz va peshonada bo’luvchi
botiq, yo’l-yo’l chiziqlar (izlar).
Dostları ilə paylaş: