Antonimik juftliklardan nutqda eng ko’p qo’llanildigani dominant
juftlik deyiladi. Lug’at maqolasida dominant antonimik juftlik qora rangli bosh
harflar bilan yoziladi.
2)
havola maqolalari – qora rangli kichik harflar bilan berilib, dominant
juftlikdan tashqari barcha antonimik juftliklar alfavit tartibida beriladi.
Bunday havola maqolalari barcha antonimik
juftliklarning teskari
tartibiga ko’ra ham beriladi. Busiz lug’atdan foydalanish jarayoni
sezilarli ravishda kamayadi. Dominant antonimik juftlikning teskari
tartibida lug’at maqolasini boshlovchi
component bosh harf bilan
boshlanadi:
xursand 2 – xafa 2
kabi .
Antonimlarning bir-biridan farq qiladigan fonetik variant ham o’rni bilan
berib borilgan:
ADABLI ADABSIZ
(odobli) (odobsiz)
Bunday variantlar qatnashadigan antonimik juftliklar havola maqolasi sifatida
beriladi:
Odobli – odobsiz.
Q
. Adabli
Odobsiz – odobli.
Q
. Adabli
4.
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati”
da keltirilgan antonimik
juftliklardan namunalar:
BEPAND MUSTAHKAM
Puxta-pishiq qilib ishlanmagan, puxta-pishiq qilib ishlangan,
uzoqqa chidamaydigan
uzoqqa chidaydigan
Ayvon shunaqangi bepand qurilganki, ko’rsangiz yosh bolalarning o’yinchoq
undan mustahkamroq deysiz.
BOTIQ DO’NG
Sathi ich tomonga biroz kirgan sathi ich tomonga biroz chiqqan
Botiq linza do’ng linza
Botiq ko’z do’ng peshona
BURDLI BURDSIZ
Ishonch-e’tiborga loyiq, ishonch Ishonch-e’tiborga noloyiq, ishonch
va e’tiborini yo’qotmagan va e’tiborini yo’qotgan
Mana shu yomon bo’ldi, chunki Po’latovning unga bunday munosabatda
bo’lishi Baratning b u r d s i z gaplarini b u r d l i qilar edi.
A.Qahhor
Bo’lsa, shu Gridnevning suratini darrov olardim. Lekin ishchan, b u r d l i
boshliq deb emas, maqtanchoq, va’daboz sifatida.
Mushtum.
“Eng muhimi – Sardorovning o’zimga munosabatini oxirigacha aniqlab,
raisning Sardorovning nog’orasiga o’ynagan b e b u r d odamligini yaxshiroq
bilib oldim”, - dedi Kamol.
H.Nazir, Ko’kterak.
Orqa qoqib, kuf-suflab, b e b u r d so’zlarni so’zlab, Nodon bechoralarni
ipsiz bog’lar ekanlar.
“O’zbek shoiralari”.
Dostları ilə paylaş: