Prezident tomonidan 28.10.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-798-son Qonun imzolandi.
Unda xodim bilan ish beruvchi orasidagi mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari belgilab berilgandir.
Mazkur kodeks xodimning, ish beruvchining va davlatning huquqlarini himoya qilgan holda, mehnat bozorining samarali faoliyatini, adolatli va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlaydi. Sog‘liqni va mehnat huquqlarini muhofaza qiladi, ish unumdorligining oshishiga, sifatining yaxshilanishiga, barcha aholining moddiy va madaniy hayotining yaxshilanishiga olib keladi.
Konstitutsiya va mehnat kodekslaridan tashqari mehnat haqidagi huquqiy asoslarni “O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi haqidagi qonuni” to‘ldiradi. Bu qonun MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib bizning respublikamizda 1993 yil 6-mayda qabul qilingan. Bu qonun mustaqil Respublikamizning mehnat muhofazasiga davlat siyosati nuqtai nazarini belgilaydi va unda quyidagi tamoyillar o‘z aksini topgan:
-korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan ishlovchining sog‘ligi va hayoti qadrliroq ekanligi;
-korxonaning mehnat muhofazasi borasidagi faoliyatini iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlar bilan birgalikda olib borish;
-mulk formasi va xo‘jalik yuritish uslublaridan qat’iy nazar barcha korxonalarga mehnat muhofazasida bir xil talab qo‘yish;
-ekologik xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va ish joylarida atrof-muhit holatini uzluksiz nazorat qilinishi ta’minlash;
-korxonada mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini nazorat qilish;
-mehnat muhofazasini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat ishtiroki;
-oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasidan mutaxassislar tayyorlash;
-himoya vositalari, xavfsiz texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilish ishlarini rag‘batlantirish;
-mehnat muhofazasi bo‘yicha fan, texnika yutuqlarini, hamda ilg‘or milliy va xorijiy takliflarni keng joriy qilish;
-ishlovchilarni bepul korxona maxsus kiyimlari va poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari hamda shifolovchi-profilaktik taomlar bilan ta’minlash;
-korxonada sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan soliq siyosatini yurgazish;
-korxonadagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasbiy kasallikni albatta taftish qilish va hisobga olish va shu asosda aholini ishlab chiqarish jarohatlari va kasbiy kasalliklar haqida muntazam xabardor qilish;
-korxonada baxtsiz hodisa yoki kasbiy kasallik tufayli jabrlangan xodimni ijtimoiy himoyalash;
-mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan korxona kasaba uyushmalari va boshqa jamoat uyushmalarining faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
-mehnat muhofazasi muammolarini yechishda xalqaro hamkorlik;
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” Qonuni 6 may 1993 yil 6 mayda qabul qilingan bo‘lib (yangi tahrirdagisi 2016 yil 22 sentabrda). Hozirgi vaqtdagi bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga va amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, davlatning xususiy sherikchilikni mustahkamlash, mamlakatda mehnat qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarga mos keladigan yangi tahrirdagi Qonun bo‘lishini davr talab etdi.
Qonun loyihasini tayyorlashda mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi XMTning Konventsiya va tavsiyalari, 20 dan ziyod horijiy davlatlarning shu jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchiligi va me'yoriy hujjatlari o‘rganildi.
1.Ishlab chiqarish muhiti оmillari оrasidan оptimal nisbatini tоpib, ishlab chiqarish qurоllarining mana shu rivоjlangan darajasida ularning insоn tanasiga yoki mеhnat qilish qоbilyatiga salbiy ta’sir qilishini imkоniyati bоricha kamaytirish.
2. Har bir salbiy ta’sir qiladigan оmillarning ta’sir darajasini tоpmsh, ularni qоnunlashtirish va оmilning insоning salоmatligini buzmasligini nazоrat qilib turish.
3. Kоrхоna pеrsоnali va uning atrоfidagi kishilarini хavfsiz mеhnat qilishni ta’minlash.
4. Bоzоr iqtisоdiyoti amal qilayotgan bugungi kunda fan va tехnikaning yangi yutuqlaridan fоydalangan hоlda ishlab chiqarishga mеhnat sharоitini sоg’lоmlashtiradigan aniq tadbir chоralar jоriy qilish.
5. Salbiy ta’sir qiladigan оmillarning ta’sir darajasini yоqоtadigan yoki kamaytiradigan samarali tехnik himоya qurоllaridan kеngrоq fоydalanish.
6. Rеjalashtirilayotgan va amalga оshirlyotgan mеhnat sharоitini yaхshilaydigan chоra – tadbirlarning iqtisоdiy samarali usullarini tоpish.