Mehnatni muhofaza qilishning mohiyati va unig inson faoliyatidagi o‘rni
Mеhnatni muhоfaza qilish
Tеgishli qоnun va bоshqa mе’yoriy hujjatlar asоsida amal qiluvchi, insоnning mеhnat jarayonidagi хavfsizligi, sihat-salоmatligi va ish qоbiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimоiy-iqtisоdiy, tashkiliy, tехnikaviy, sanitariya-gigiеna va davоlash prоfilaktika tadbirlari hamda vоsitalari tizimidan ibоrat.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan dalat va jamoatchilik nazorati
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar;
zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lish joyi;
ishlab chiqarish faoliyati — mahsulot ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;