Nazorat savollari: 1.Ish ornidagi mikroiqlimni olchash uchun qollaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing).
2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish ornida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring.
3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring.
4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi tog`risida malumot bering.
5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini korsating.
Ishning maqsadi: Ish joyidagi chang miqdorini aniqlab, u joydagi havo tarkibidagi changning ruxsat etilgan darajasini (konsentratsiyasi, meeri, normasi va boshqa) aniqlash; mazkur ish boyicha qollaniladigan asboblar, ularning ish faoliyati va respiratorning ish samaradorligini bilish.
Mustaqil ish topshiriqlari:Talabalar ukituvchi taklif etgan adabiyetlar, uslubiy topshiriklar bilan chukur tanishishlari kerak. Mazkur laboratoriya ish buyicha asbobni ishlata bilish, ish chizmasi va xisobot yezish.
Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy malumotlar. Ifloslanish-tashqi muhitda ilgari bulmagan yangi moddalarning yaratilishi, tabiiy aylanish jarayonida ishtirok etmagan elementlar biosferaning tabiiy aylanish jarayoniga salbiy tasir etuvchi (suv,xavo sirkulyatsiyasini buzuvchi) moddalardir. Changlar ham tarkibiga kora tabiiy va antropogen omil tufayli vujudga kelgan xilga ajraladi. Chang-xavoda uzoq muddat buladigan kichik zarralar yoki ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida uchraydigan zarralar, gazlar (aerozollar)dir. Otirib qolgan changlar aerogel deb ataladi.
Chang inson organizmiga nafas olish organlari orqali kirib, kasallikka olib keladi. Silikoz, silikatoz, changli bronxit, branxal astma, pnematiya va boshqa kasalliklar changdandir.
Umumiy sanitariya talablariga muvofiq havodagi changning ruxsat etiladigan konsentratsiyasi (GOST boyicha) ishlash joyida 1mg/m3 dan 10 mg/m3 gacha bolishi mumkin. Buni olchashning turli usullari bulib, changning ogirlik olchash usuli eng qulayidir. Bu usulda changli iflos havoni tuzitib, filtr orqali otkazishga va filtr ogirligini olchashga asoslangandir. Filtrlovchi material sifatida polimerli smoladan tayorlangan FPP (Petryanov filtri) materiallari ishlatiladi. FPP da filtrlovchi tuqima sifatida perxlorvinil va diatsetit sellini, bunga sabab ularning gidrofoblik va kislota, ishqor, tuzlarning erituvchilariga nisbatan yuqori ximiyaviy chidamliligi bilan ajralib turadi. Asetat tolalardan tayyorlangan toqimalarda gidrofoblik bolib, kislota asos tasiriga unchalik chidamli emas, ammo 100 C issiqlikka chidamli.Perxlorvinilning filtrlash qobiliyati 100% ga yaqin. Ish joyidagi havoning changdan himoyalanish vositalaridan biri, shamollatgichlar ornatish. Ammo ishlab chiqarishdagi katta korxonalarda bu vositalar orqali changni yoqotish unchalik samarali emas. Shu sababli ham bunday korxonalarda nafas olish organlarining individual himoya vositalari (SIZOD sredstva individualnoy zashiti organov dixaniya) ishlatiladi. Bular orasida ShB-1 respiratorlari, "Lepestok", Astra-2,U-2K,RP-KM, "Kama", "Snejok", F - 62ShM va boshqalar ayniqsa qulaydir.